"Arsenal" afsonasi: "Muxlislar Mudrikka nisbatan maydakashlik qilishdi"
06 may 2023 10:16
Yangiliklar


"Arsenal" afsonasi: "Muxlislar Mudrikka nisbatan maydakashlik qilishdi"
"Arsenal" sobiq hujumchisi Ian Rayt "kanonirlar" muxlislarini "CHelsi" bilan o'yinda Mixaylo Mudrikka yomon munosabatda bo'lganliklari uchun tanqid qildi.
"Mudrikka lazer bilan tasir ko'rsatishga urinish – juda maydalashish va manosiz. Agar unga qarasangiz, u qanday qilib faqat to'pni qabul qilib, bir nechta harakatlarni amalga oshirayotganini ko'rasiz. U to'g'ri murabbiy qo'l ostida ko'p narsaga erishadi.
“Arsenal” muxlislarining bunday ishlarni qilayotganini ko'rib, ranjidim. Bunday narsalar sodir bo'lsa, tashvishga tushaman", – dedi Ian Rayt.
Eslatib o'tamiz, Mixaylo Mudrik qishda "Arsenal"ga o'tishi mumkin edi, ammo oxir-oqibat "CHelsi"ga o'tdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar