"Arsenal" 18 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishi kutilmoqda
22 mar 01:55
Yangiliklar


"Arsenal" 18 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishi kutilmoqda
"Arsenal" tez orada Itan Nvaneri bilan shartnomani uzaytiradi.
"Mail Sport" malumotiga ko'ra, shartnoma 5 yilga mo'ljallanadi. 18 yoshli futbolchi ushbu mavsumda APLning 19 o'yinida qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.
Nvaneri o'tgan yili faoliyatidagi ilk professional shartnomasini "Arsenal" bilan tuzgan va o'shanda 17 yoshda edi. Angliyada professional shartnoma tuzish uchun bu eng minimal yosh hisoblanadi. O'shanda shartnoma muddati 3 yil qilib belgilangandi.
Nvaneri o'tgan oyda "Arsenal"ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U Gabriel Magalyaes, Mikel Merino va Yurrien Timberlar nomzodi qo'yilgan so'rovnomada 54 foiz ovoz to'pladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar