Arsen Venger: SHeffild Uensdey tezroq va chaqqonroq edi
28 okt 2015 08:16
Yangiliklar


Arsen Venger: SHeffild Uensdey tezroq va chaqqonroq edi
Arsenal ustozi Arsen Venger Angliya liga kubogi 4-bosqichi doirasidagi SHeffild Uensdeyga qarshi o'yindan so'ng (0:3) o'z fikrlarini bildirdi.
Biz uchun juda yomon kecha bo'ldi. O'yin boshida ikki nafar asosiy futbolchimizdan ayrildik va mag'lub bo'ldik. SHeffild Uensdeyni tabriklayman. Ular bizdan ko'ra tezkorroq, chaqqonroq edilar. Biz deyarli hujum qila olmadik.
Olti nafar futbolchini uyda qoldirdim, ammo baribir ikki nafar futbolchi jarohat oldi. Jarohatlar – biz uchun juda kuchli zarba.
Bir qator yoshlarga bugungi o'yin katta saboq bo'ldi, ular bunday darajada o'ynay olishmadi, – deydi Venger.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar