Arsen Venger: "Menchester Siti" g'alabalariga Gvardiolaning aloqasi yo'q"
24 fev 2018 10:48
Yangiliklar


Arsen Venger: "Menchester Siti" g'alabalariga Gvardiolaning aloqasi yo'q"
"Arsenal" ustozi Arsen Vengerning fikricha, "Manchester Siti" g'alabalari Xosep Gvardola emas, amalga oshirilgan transferlar tufayli.
Franciyalik murabbiyning fikricha, bunday deyishga unda bir qancha sabablar bor.
– "Barselona"ga qarang, jamoa hamon Evropaning eng kuchlisi hisoblanadi. Gvardola u erdan ketganiga olti yil bo'ldimi?, – deya Venger so'zlaridan iqtibos keltiradi VVS.
– Futbol o'zgarib ketdi. Bazi klublar istagan o'yinchisini sotib olyapti. Murabbiy o'z uslubi, g'oyasiga ega bo'lishi mumkin, ammo ko'p narsani baribir maydondagilar hal qiladi. "Siti"ni mag'lub etish uchun biz o'ta yuqori darajadagi futbol ko'rsatishimiz zarur. Men raqibning kuchsiz chiziqlari haqida gapirishni istamayman. U erda juda ko'p jahon darajasidagi futbolchilar jam bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar