Arsen Venger: “Men “Arsenal”ni sevaman”
02 apr 2017 23:27
Yangiliklar
Arsen Venger: “Men “Arsenal”ni sevaman”
“O'yin boshida biz asabiylashdik. Raqib bizni shunga majbur qildi. Raqibning yuqori bosimi tufayli biz o'z o'yinimizni namoyish qila olmadik. SHunga qaramay biz iroda kuchini namoyish qila oldik. Matematik hisob-kitob qiladigan bo'lsak, durang ikkala jamoaniyam qoniqtirmaydi. Biroq bu natija bizga yordam beradi.
Yigitlar hisob 1:2 bo'lib turganda yigitlar biroz bo'shashdi. Ammo vaziyatdan chiqish uchun harakatni susaytirishmadi. Durangdan ham ko'ra, bu bahsda psixologik tomondan yutqazmasligimiz muhim edi.
Biz APLda top-4ga kirish uchun jiddiy kurash olib borayapmiz. Men professionalman va buni allaqachon isbotlaganman. Men jamoamni sevaman. Yana qancha bu joyda ishlayman bilmayman, ammo mening fikrimcha, hammasi ko'ngildagidek ketmoqda va bu eng muhim jihat. SHartnomamni uzaytirishim borasidagi qaror yaqinda elon qilinadi”, deydi Venger.
Fikrlar