Arsen Venger "Liverpul"ning hujumdagi triosi haqida fikr bildirdi
07 sen 2019 17:46
Yangiliklar
Arsen Venger "Liverpul"ning hujumdagi triosi haqida fikr bildirdi
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh va uning sheriklari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Saloh Messiga o'xshaydi. Muhammad hujumlarni yaxshi yakunlay oladi. Ammo, u o'zi ko'proq gol urishni xohlaydi.
Siz qariganingiz va tajribangiz oshgani sayin qaerda to'pni uzatish yoki qaysi holatda darvoza tomon zarba berishni yaxshiroq bilib borasiz.
Menga Saloh juda ham yoqadi, unda katta salohiyat bor. Mane ham juda yaxshi o'yinchi. Ammo, o'zini qurbon qilib yuboradigan yigit, Firmino haqida ham unutmasligimiz kerak. Bunday yigitlar jamoa uchun o'ynashadi", - deydi Venger.
Eslatib o'tamiz, Arsen Venger 1996-2018 yillar davomida "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida ishlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar