Arsen Venger: "Arsenal" qiyin damlarni boshdan o'tkazmoqda"
04 mar 2018 21:29
Yangiliklar


Arsen Venger: "Arsenal" qiyin damlarni boshdan o'tkazmoqda"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Brayton"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz faol harakat qila olmadik. O'z kuchimizga bo'lgan ishonch etishmadi. Ammo, ikkinchi bo'limda biroz o'yinni kuchaytirgandek bo'ldik. O'tgan haftada bo'lib o'tgan ishlarni izohlash qiyin. Hozirda kuchli to'rtlikka kirish haqida gapirishning vaqti emas. Buning deyarli iloji yo'q. Juda katta farq bilan ortda qolib ketdik. Ayni paytda g'alabali o'yinlarni qaytarish haqida o'ylayapmiz. "Milan"ga qarshi bahs oldidan jismoniy tomonlama tiklanib olish muhim", - dedi franciyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar