Arsen Venger: "5ta golda o'zimiz xatoga yo'l qo'ydik"
14 dek 2013 22:50
Yangiliklar


Arsen Venger: "5ta golda o'zimiz xatoga yo'l qo'ydik"
"Manchester Siti"dan qaqshatqich zarbani qabul qilib olgan "Arsenal" bosh murabbiyining o'yindan keyingi fikrlari bilan tanishing.
"Bu "Arsenal" uchun shunchaki yomon kun bo'ldi. Oltita gol o'tkazdik. Raqibga o'ynash imkoniyatini berdik. Ochiq zonalar ko'payib ketganligi uchun Flaminini almashtirdim. 6ta goldan 5tasida jamoamning aybi bor. Hisob 1:2 ko'rinish olganidan keyin bir nechta vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Reallikka qaytgan holda, butun jamoa himoyalanishimiz kerak. Bugun shunday qila olmadik", - deydi Arsen Venger.

Fikrlar