So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

"Arilar" "aristokratlar"ni "chaqib" oladimi, "Siti" bu safar kimga gollar yomg'iri yog'diradi? APL prevyusi Yangiliklar

"Arilar" "aristokratlar"ni "chaqib" oladimi, "Siti" bu safar kimga gollar yomg'iri yog'diradi? APL prevyusi

Teglar :  PrevyuAPL
Kecha tunda Angliyada milliy chempionat o'yinlarining 9-turiga start berildi.

Turning dastlabki bahsida "Vest Xem" o'z maydonida "Brayton"dan 0:3 hisobida engildi. Bugun esa APLda ettita o'yin o'tkaziladi. Quyida ana shu uchrashuvlarga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 9-tur

"CHelsi" – "Uotford"

21.10.2017, 16:30

"Stemford Bridj"

Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir)

Angliyaning amaldagi chempionlari ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozona olmasliklari mumkin. APL oxirgi turida o'sha kungacha bitta ham gol urmagan "Kristal Pelas"ga safarda yutqazib qo'ygan Konte shogirdlari hafta o'rtasida ECHL doirasida "Roma" bilan durang (3:3) o'ynashdi. "Aristokratlar" joriy mavsum o'yinlarni bir xil tempda o'tkaza olishmayapti.

"Uotford" esa 3 turdan beri mag'lub bo'lmayapti va ana shu bellashuvlarda 7 ochko jamg'ardi. CHempionatning so'nggi turida "asalarilar" "Arsenal"ni 2:1 hisobida engishdi va turnir jadvalida 4-o'ringa joylashishdi. Ayni paytda "Uotford" jadvalda "CHelsi"dan tepadi. Marku Silva ajoyib jamoa yig'a olganini ko'rsatmoqda.



"Xaddersfild" – "Manchester Yunayted"

21.10.2017, 19:00

"Gelfarm"

Bosh hakam: Li Meyson (Bolton)

"Xaddersfild" chempionatni super start bilan boshlagan edi. Lekin, keyinchalik jamoa o'z joyiga qayta boshladi. Yani, debyutant 7 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti.

"Manchester Yunayted" o'tgan turda "Liverpul" bilan safarda 0:0 hisobini qayd etdi, o'yin jihatidan mankunianliklar himoyaviy uslubni qo'llashdi. Endi muxlislar ulardan hujumkor futbol kutishadi, Mourino buni yaxshi tushunadi va "qizil iblislar"ni hujumkor taktika asosida tayyorlashini kutish mumkin. Hamshaharlari bilan to'plar orasidagi farqni kamaytirish uchun ham MYU ko'proq gol urishga urinishi mumkin.



"Suonsi" – "Lester"

21.10.2017, 19:00

"Liberti stedium"

Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend)

"Suonsi" o'tgan tur o'z maydonida "Xaddersfild"ni mag'lub etdi (2:0) va uydagi uchta mag'lubiyatdan keyin ilk ochkolarini qo'lga kiritdi. Bu g'alaba "oqqushlar"ga qo'shimcha kuch bag'ishlashi mumkin.

SHekspirsiz qolgan "Lester"ni bugun kim maydonga boshlab tushishi nomalum. Ayni paytda jamoani Kreyg SHekspirning yordamchisi Maykl Appleton shug'ullantirmoqda va aynan u maydonda ham "boshqaruvchi" vazifasini o'tab tursa kerak.



"Stok Siti" – "Bornmut"

21.10.2017, 19:00

"Britannia"

Bosh hakam: Li Probert (Uiltshir)

"Stok Siti" joriy mavsum "Arsenal"ni mag'lub etishga va MYU bilan durang o'ynashga ulgurdi. Kuchli jamoalar bilan yaxshi o'ynayotgan Mark Xyuz shogirdlari qolgan klublar bilan muammoga duch kelishmoqda.

"Bornmut" hozirgacha safarda ochko jamg'argani yo'q. Jamoada himoya va hujum ancha bo'sh harakat qilmoqda. "Bornmut" ishtirokidagi yagona esda qolarli bellashuv "Manchester Siti"ga qarshi 2-turi o'yini bo'lib turibdi. O'shanda Gvardiola shogirdlari asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi daqiqada Raxim Sterling kiritgan gol evaziga bir amallab g'alaba qozonishgan edi.



"Nyukasl" – "Kristal Pelas"

21.10.2017, 19:00

"Sent-Jeyms Park"

Bosh hakam: Styuart Atvell (Nunaton)

APLga qaytgan "Nyukasl" oxirgi 6ta o'yindan faqat bittasini yutqazdi. O'tgan turda ular "Sautgempton" bilan durang o'ynashdi. SHu haftada klub sotuvga qo'yilgani haqida xabarlar chiqdi. Bu narsa jamoa o'yiniga qanchalik tasir qilishini bugun bilib olamiz.

Premer-ligada ochko olish u yoqda tursin, hatto gol ura olmay kelayotgan "Kristal Pelas" o'tgan turda gol ham urdi, ochko ham oldi. Olganda ham mamlakatning amaldagi chempionini mag'lub etgan holda. Roy Xojson jamoasi o'ziga keldimi yoki o'sha g'alaba bitta o'yinlik eyforiya samarasimi, buni bugun guvohi bo'lamiz.



"Manchester Siti" – "Bernli"

21.10.2017, 19:00

"Etixad stedium"

Bosh hakam: Rodjer Ist (Uiltshir)

So'nggi paytlarda yo'lidan chiqqan jamoaga gollar yomg'irini yog'dirayotgan "Manchester Siti"ni bu safargi o'ljasi "Bernli" bo'ladimi? Yoki bu yil safarda juda yaxshi natijalar qayd etayotgan SHon Daych shogirdlari "Siti"ni to'xtatib qola olishadimi? Gvardiola jamoasi bu qarama-qarshilikda yaqqol favorit, lekin "Bernli" ham oson taslim bo'lmasa kerak. Gol urishdan to'xtamayotgan "shaharliklar"ni kimdir bir kun to'xtatadi. Balki, o'sha "qahramon" "Bernli" bo'lar.

Mavsumni yomon boshlamagan mehmonlardan bugun ko'pchilik juda kuchli raqibga qarshi munosib qarshilik kutmoqda.



"Sautgempton" – "Vest Bromvich"

21.10.2017, 21:30

"Sent-Meris"

Bosh hakam: Grem Skott (Oksfordshir)

"Sautgempton" hozir yaxshi formada emas, ular so'nggi 3 o'yinda bor yo'g'i 1 ochko to'plashdi. Turnir jadvalidagi 11-o'rin ular uchun mosdek, lekin jamoa tarkibiga nazar solsak ular ko'prog'iga erishishlari mumkinligini taxmin qilsa bo'ladi.

"Vest Bromvich"ning chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 7 o'yinga etdi. Mana shunday omadsiz seriyaga qaramay jamoa 10 ochko bilan turnir jadvalida 10-pog'onada bormoqda.



Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика