Ariagner Smit Medina: “Kuchli raqobat futbolchiga foyda keltiradi”

Narzulla Saydullayev
17 okt 2019, 16:56
So'nggi yillarda statistikaga nazar soladigan bo'lsak, klublarimizda faoliyat yuritgan legionerlarning aksariyati Serbiya davlatidan ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Lekin joriy yildan e'tiboran Superliga klublari o'z ananalaridan voz kechgan holda boshqa mamlakatlardan ham futbolchilarni jalb etishmoqda. Milliy chempionatimizda ilk bor to'p tepayotgan Smit Medina, Nikaragua davlati vakili hisoblanadi. Superliganing navbatdagi tur uchrashuvlari arafasida, legioner hujumchidan intervyu oldik.

- Birinchi davrani “Qizilqum” jamoasida o'tkazdingiz, endi esa “temiryo'lchilar” safidasiz. Bu ikki klub orasidagi tafovutni aytib bera olasizmi?

- Albatta farq katta. Talablar ham shunga yarasha. Hozirgi jamoam O'zbekistonning avvalgi yildagi chempioni sanaladi. Shuning uchun bu yerda bizdan ko'p narsa kutishadi.

- Chempionat boshida ketma ket gollar urayotgan edingiz, umuman legioner sifatida chakki ko'rinmadingiz. Ikkinchi davrada o'yiningizni pasayishi nima bilan bog'liq?

- To'g'ri ta'kidladingiz. O'z ustimda ishlashdan to'xtamayman va nasib qilsa qolgan uchrashuvlarda jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman.

- Ma'lumotlarga qaraganda, Samvel Babayan bilan Latviyada bir jamoada ishlagan ekansiz.

- Ha, birinchi marta Yurmalaning “Spartak” klubida u bilan tanishganman.

- Joriy yil shiddatlarga boy o'tayotgan Superliga bahslari sizda qanday taasurot qoldirmoqda?

- Raqobat kuchli, bunday sharoit futbolchiga faqat foyda keltiradi, o'sishga erishadi. O'zim uchun yanggi qirralarimni ochdim.


Abdulaziz suhbatlashdi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia