Ari: "Agar "Loko" va SSKAni mag'lub etsak, "Krasnodar" 2-o'rin masalasini 50% hal qilgan bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
17 apr 2015, 17:12
"Krasnodar" hujumchisi Arining takidlashicha, "shaharliklar" Chempionlar ligasida Yevropa klublarini hayron qoldirishga tayyor.

Rossiya chempionati turnir jadvali bilan quyiagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

"Ko'rsatayotgan o'yinimiz bilan ikkinchi o'rinni egallashimiz haqiqatga yaqin. Ammo bu hozircha orzu. Oldinda SSKA va "Lokomotiv" bilan o'yinlar bor. Ikki g'alabaga erishsak, ikkinchi o'rin haqida qo'rqmay gapira olamiz. Shunda faqat 5ta uchrashuv o'tkazishimiz kerak bo'ladi va ularning 3tasida mezbonlik qilamiz.

"Loko" hozirda yaxshi holatda bo'lmasada, top klublar bilan o'ynash qiyin. Agar SSKAni mayg'lub eta olsak, "Loko"ni o'z stadionimizda, muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashi bilan taslim etishimiz mumkin va ikkinchi o'rin masalasini 50% hal qilgan bo'lamiz.

Chempionlar ligasida o'ynash uchun tarkibimizda evrokuboklarda o'ynagan tajribali o'yinchilar bo'lishi shart emas. Asosiysi - kuchli jamoa. Agar "Krasnodar"ga yana bir-ikki nafar tajribali futbolchi qo'shilsa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Ammo shu jamoa bilan ham Yevropaning bir nechta jamoasini hayron qoldira olamiz. Yevropa ligasida hech kimdan qo'rqmasligimizni isbotladik. O'ynadik, kurashdik, lekin guruhimizda juda kuchli jamoalar yig'ilgan edi. Guruhdan ham chiqa olardik" - deydi Ari.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com