So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Argentinada o'yin vaqti katta janjal yuzaga keldi, buning oqibatida bir muxlis halok bo'ldi, televidenie muxbiriga esa jonli efir vaqtida o'q otildi Yangiliklar

Argentinada o'yin vaqti katta janjal yuzaga keldi, buning oqibatida bir muxlis halok bo'ldi, televidenie muxbiriga esa jonli efir vaqtida o'q otildi

"Gimnasia La Plata" va "Boka Xuniors" jamoalari o'rtasidagi o'yinning to'xtatilishiga sabab bo'lgan muxlislar va policiya o'rtasidagi to'qnashuv natijasida futbol muxlisi halok bo'ldi.

Mahalliy hokimiyat malumotlariga ko'ra, bazi muxlislar gavjum stadionga kirishga uringan, buning natijasida zo'ravonlik va tartibsizliklar avj olgan.


Policiya muxlislarni rezina o'q va ko'zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida to'xtatishga urindi – hatto mahalliy televidenie muxbiriga ham jonli efir vaqtida policiyachi tomonidan o'q uzilgan.

Ko'zdan yosh oqizuvchi gaz maydonga ham tarqalib, o'yinchilar va muxlislarga tasir qildi, natijada uchrashuv atigi 9 daqiqadan so'ng to'xtatildi.

"Gimansia" yulduzi Leonardo Morales shunday dedi: "Mening 2 yoshli va olti oylik o'g'illarim nafas ololmadi. Biz chorasiz qoldik va tribunadagi barcha odamlardan xavotirlandik".


Buenos-Ayres xavfsizlik vaziri Serxio Bernining malum qilishicha, 57 yoshli "Gimnasia" muxlisi kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Argentina futbol associaciyasi ushbu zo'ravonlikni qoralab, bayonot elon qildi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика