Argentina termasi yarim himoyachisi: "O'yin tugashi bilan ko'zimdan yosh keldi, hammasi xursandchilikdan"
19 dek 2022 12:38
Yangiliklar
Argentina termasi yarim himoyachisi: "O'yin tugashi bilan ko'zimdan yosh keldi, hammasi xursandchilikdan"
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister JCH-2022 finalida Franciya termasiga qarshi o'yin natijalarini sarhisob qildi (penaltilar bo'yicha – 3:3, 4:2).
"Agar Jahon chempionati oldidan mendan shunday natija kutasizmi, deb so'raganingizda, ehtimol, buni inkor qilgan bo'lardim. SHunday ekan, keling, ushbu g'alabadan bahra olaylik.
Bu biz bosib o'tgan yo'lni eslashga majbur qiladigan yutuq. Har birimiz shaxsan shu yo'ldan o'tib kelganmiz. O'yin tugashi bilan ko'zlarimga yosh keldi, barchasi xursandchilikdan", – dedi yarim himoyachi.
Argentina terma jamoasi uchinchi marta jahon chempioni bo'ldi. Avvalroq argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu musobaqada g'olib chiqishgan. Ularning finaldagi raqiblari – franciyaliklar 1998 va 2018 yillarda mundial chempioni bo'lishgan.
Fikrlar