So’nggi yangiliklar

14:11Россиялик спорт шифокори намоз мушаклар шикастланишининг олдини олишда ёрдам беришини айтди  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0

Argentina terma jamoasi nega bunchalik yomon o'ynayapti? Yangiliklar

Argentina terma jamoasi nega bunchalik yomon o'ynayapti?

Argentina terma jamoasi Braziliyada o'tayotgan Kopa Amerikada so'nggi 15 yillikdagi o'zining eng yomon o'yinini ko'rsatmoqda.

Albiselestening muammosi nimadaligini tushunishga urinib ko'ramiz.

Birinchi sabab. Tajribasiz murabbiy

Lionel Skaloni - yaxshi inson. Biroq Argentinadek jamoani boshqarish uchun bu etarli emas. Terma jamoa bosh murabbiyi bu vazifaga tayyor emas. Na ruxiy va na kasbiy jihatdan. Undan g'oyalar, taktikalar xatto emociya kutish ham qiyin. Kopa Amerika uchun tanlangan taktika borasida gapirishdan foyda yo'q, chunki futbolga tushunmaydigan inson ham Skalonidan norozi.


Ikkinchi sabab. Tarkib

Iguain, Lamela, Lansini, Korrea, Banega, Garay, Gomes, Simeone, Ikardi, X. Korrea, Fasio, Pastore, Musakki - bu futbolchilar turli sabablarga ko'ra Argentina terma jamoasi tarkibiga chaqirilmadi. Jamoaga ko'proq "Atalanta" hujumchisi Anxel Gomes etishmayapti. U hozir Messi bor kuchi bilan bajarayotgan bazi vazifalarni o'z bo'yniga olishi mumkin edi. Biroq aynan Lionel tufayli Gomes chaqiruv olmagan bo'lsa kerak. U sardorni biroz erkinroq harakat qilishiga imkon berardi..


Uchinchi sabab. Lionel Messi

Messi Argentina terma jamoasi uchun juda qimmatbaho sovg'a va xuddi shunchalik katta muammo. Hammasi Leoning bo'ynida. Messi himoya ishlayapti, tanyach zonasida to'p bilan harakat qilmoqda, hujumlarni boshlayapti, aldab o'tyapti, standartlarni amalga oshiryapti, pressingni boshlab, hujumlarni yakunlayapti. Natijada "Barselona"dagi foydalilik koefficienti "Barselona"dagidan ancha past bo'lib qolmoqda. Leoning gaplarini tushunadigan odam topilmayapti. Di Mariya va Aguero esa etarli darajada yordam bera olmayapti.


To'rtinchi sabab. Motivaciya

Argentina regbi terma jamoasi mamlakat madhiyasini ijro etganini ko'rganmisiz? Bu xuddi o'sha mashhur italiyaliklar ijrosiga o'xshaydi. Endi argentinalik futbolchilarga nazar tashlang. Ularni majburan maydonga tushirishayotganidek tasavvur uyg'onmoqda. Argentina bunday kayfiyat va xohish bilan hech narsa yuta olmaydi. Messi ham terma jamoani sovrinsiz tark etadi.


Nima qilish kerak?

Birinchi navbatda himoya chizig'i va yarim himoya markazini o'nglash lozim. Raqiblar maydon markazidan osonlik bilan o'tishmoqda. Keyin esa Messining rolini aniq qilib olish kerak. U Figaro principi bo'yicha hamma erda o'ynashi shart emas. Hujum markazini Martinesga ishonish lozim.

Biroq hamma muammo futbolchilarning miyasida. Motivaciya, o'ziga ishonish, mamlakat bayrog'i uchun har qanday raqibni yanchib tashlash istagi - mana shu narsalar bilan Kopa Amerika g'olibigi aylanish mumkin.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика