Argentina terma jamoasi futbolchilari Qizil maydonda sayr qilishdi
09 noy 2017 17:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/287826_original.jpg)
![](/upload/storage/287826_220.jpg)
Argentina terma jamoasi futbolchilari Qizil maydonda sayr qilishdi
Argentina terma jamoasi futbolchilari 9 noyabr kuni Rossiyaning diqqatga sazovor joylaridan biri - Qizil maydonda sayr qilishdi.
Argentinaliklar tongda ikkiga bo'linib "Spartak" bazasida mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotdan so'ng futbolchilar va murabbiylar shtabi vakillari Moskva markaziga yo'l olib, shaharning tarixiy joylarini ko'zdan kechirishdi.
Muxlislar futbolchilar bilan suratga tushishga harakat qilishdi, ammo matbuot-xizmati vakillari bunga imkon berishmadi.
Rossiya - Argentina uchrashuvi 11 noyabr kuni "Lujniki" stadionida bo'lib o'tadi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar