So’nggi yangiliklar

18:59ОЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" (матнли трансляция)  24 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  3 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  1 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  4 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  6 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  4 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  5 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1

Argentina - SHveycariya 1:0. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Argentina - SHveycariya 1:0. MATNLI TRANSLYACIYA

Argentina - SHveycariya uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

Argentina - SHveycariya 1:0
1 iyul. 21:00
Bosh hakam:
Yunas Eriksson (SHveciya)
Yordamchi hakamlar: Matias Klasenius (SHveciya), Daniel Varnmark (SHveciya)
Zaxira hakami: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya).

GOL:
Di Mariya 118

Argentina: Romero, Sabaleta, Garay, Fernandes, Roxo (Basanta, 105), Gago (Bigliya 106), Maskerano, Di Mariya, Messi, Lavessi (Palasio, 74), Iguain

SHveycariya: Benalo, Lixtshtayner, SHer, Juru, Rodriges, Bexrami, Inler, Jaka (Fernandes, 65), SHakiri, Mexmedi (Dzemaili, 113), Drmich (Seferovich, 82)

Ogohlantirishlar: Jaka 36, Fernandes 72, Di Mariya 119, Garay 120+3


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH


So'nggi daqiqalardagi o'yin uchun ikkala jamoaga rahmat! Ajoyib yakun, ajoyib vaziyatlar! Sizlar bilan Narzulla o'yinni kuzatib bordi. Yam yashil maydondagi o'yinlarda ko'rishguncha!

120+3. ZARBA! Jonli devor to'pni qaytardi! Hakam shu joyda hushtagini chaldi va Argentina chorak finalga yo'llanma oldi!

120+3. SHakiri ishlab olgan jarima to'pi o'yindagi so'nggi imkoniyat bo'ladi. Hozir zarba beriladi va tugaydi. Gol bo'ladimi yoki yo'q?

120+3. Ogohlantirish. Argentina.
Garay

120+2.
SHveycariya oldinda, barcha hujumda, Benalo ham! Ammo o'xshamadi. Di Mariya maydon markazidan to'pni bo'sh darvozaga yo'llay olmadi

120. Benalo raqib jarima maydoni ichida! DZEMAILIIIIIIIIIIIIIIII! Qanday vaziyat! Qanotdan oshirilgan to'pni Dzemaili boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib yana o'ziga qaytdi va zarba noaniq ketdi!

119. Ogohlantirish. Argentina.
Di Mariya

119.
SHveycariyada 2 daqiqa vaqt bor

118. Messi to'pni olib kelib raqib jarima maydoniga oshirdi, o'ng qanotdagi Di Mariya bir harakat bilan to'pni darvozaga yo'lladi - 1:0.

118. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DI MARIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYA!

116.
Argentina o'yinda g'olib chiqmoqchi, SHveycariya esa penaltila seriyasini kutmoqda

115.
Jarima maydoniga "5043" marta to'p uzatilishi, bu safar ham Juru to'pni qaytardi

113. O'zgarish. SHveycariya.
Mexmedi o'rniga Dzemaili tushdi

111. Yana Di Mariya! Uning zarbasi Juruning boshiga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pidan so'ng yana o'sha Di Mariya zarba berdi, noaniq!

109.
SHveycariyaning qarshi hujumi o'xshamadi, maydon markazida to'p oldirildi

108. DI MARIYA!!! BENALO! Darvozaga aniq yo'llagan zarbadan so'ng posbon to'pni qaytardi!

107. Yam yashil maydon ajoyib lekin o'yin u qadar yorqin emas

106. O'zgarish. Argentina.
Gago o'rniga Bigliya tushdi

105. Qo'shimcha birinchi bo'lim tugadi

105.
Di Mariya "yashin tezligi"da oldinga o'tib jarima maydoniga to'pni oshirdi. Juru to'pni qaytarib jamoasini qutqarib qoldi

104. O'zgarish. Argentina.
Roxo o'rniga Basanta tushdi

103. MALADES SHVEYCARIYA!
Hozir evropaliklar raqib yarim maydonida to'pni o'zlarida saqlab turishibdi, juda erkin o'ynamoqda ular. Muxlislar ularni tinmay qo'llab turishibdi..

100.
SHveycariya tezkor qarshi hujumga o'tdi! Seferovich chamasi 25 metrlardan zarba berdi, himoyachi to'pni qaytardi

99.
SHuncha vaqtdan buyon maydonda o'ynashmoqda, aqalli o'yindan tashqari holatda urilgan golniyam ko'rganimiz yo'q.

97.
Iguain raqibning ikki himoyachisi orasida qolib ketdi, ammo bunday vaziyatlar uchun penalti belgilanmaydi

95.
Ikkala jamoa ham o'yinda bir necha marta jarima to'piga ega bo'ldi, undan foydalana olishning imkoni bo'lmayapti

94.
Messi to'pni jarima maydoniga oshirdi, bu erda sochi kal lekin bitta uzuuuuuuuun sochi bor bo'lgan Palasio boshi bilan darvozaga yo'lladi, Benalo o'z o'rnida

93.
SHveycariyaning hujumi, Seferovich to'pga etda olmadi

92.
Argentina o'zining odatiy o'yinini namoyish etmoqda, burchakdan to'p oshiriladi, darvozabon uni qaytaradi, boshqa variantlar yo'mi?

90. Qo'shimcha bo'lim boshlandi.

-
Uchrashuvni jahoning eng mashhur tennischilaridan biri bo'lgan Rojer Federer katta hayajon bilan kuzatib bormoqda. U shveycariyalik ekani barachaga malum

90+3. O'YINNING ASOSIY VAQTI TUGADI! 0:0. Yana 30 daqiqa futbol ko'ramiz

90+1.
Inler jarima to'pini amalga oshirdi, SHerning zarbasi noaniq ketdi

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berildi

89. Ogohlantirish. Argentina.
Roxo. U keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi

87.
Messi raqib jarima maydoni ichiga kirib borib pas berdi, Palasio to'pni darvozaga yo'llay olmadi

85.
Messi va Bexrami maydon markazida to'pni talashib qolishdi, hakam ularga o'zini bosib olishni maslahat berdi

84.
O'yinga umuman aloqasi bo'lmasa ham qaynoq xabar: O'zbekiston kubogi finalida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'ynaydi.

83.
Bu ketishda asosiy vaqtda g'olib aniqlanmaydi shekilli...

82. O'zgarish. SHveycariya.
Drmich o'rniga Seferovich tushdi

80.
Garay oldinga qochib ketayotgan Drmichni qo'li bilan yiqitdi

79.
Burchak to'pidan keyin ham o'sha Benalo o'zini ko'rsatdi

78. ZARBAAAAAAAAAA! MESSI! Benaloga qoyil! Messi jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'lladi, posbon to'pni qaytardi!

77.
Stadionga 63 mingdan ziyod muxlislar kelishdi

75.
Argentina tinmay hujum qilmoqda, dastlab Di Mariya to'pni jarima maydoniga uzatdi, qaytarilgan to'pni Gago darvozaga yo'lladi, nima bo'ldi? Noaniq

74.
Messining pasidan so'ng Palasio boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

72. O'zgarish. Argentina.
Lavessi o'rniga Palasio tushdi

70. Ogohlantirish. SHveycariya.
Jelson Fernandes

68.
Drmich oldinga o'tdi va Roxoni qo'lidan tortib qoldi, hakam bu vaziyatga yaqin turgandi.

67. MESSIIIIIIIIIIIII! JICHCHCHCHA QOLDI! Jarima maydoni tashqarisida to'pni egallab olgan Messi chap oyog'i bilan darvozaga kuchli zarba berdi, birozgina noaniq!

65. O'zgarish. SHveycariya.
Jaka o'rniga Jelson Fernandes tushdi

64.
Argentina katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. Lavessi burchak to'pini amalga oshirdi, samarasiz. 

62. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! ZARBISHEEEEEEEE! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Iguain boshi bilan darvozaga yo'lladi, romkasida turgan Benalo qaytardi!

60.
Bir soat bo'ldi o'yin boshlanganiga haliyam gol yo'q. Qachon, qachon, qachon degan qo'shiq bo'lardi

59. Di Mariya!
To'pni jarima maydoni ichiga chiroyli tarzda oshirdi, noaniq

58. ZARBAAAAAAAAA! Roxo! Uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng Benalo ajoyib harakat bilan to'pni qaytardi.

55.
Lavessi chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Benaloning mushtlari brazukaga zarba berdi

54.
O'yin qarama qarshi hujumlar ostida davom etmoqda

52.
Rodrigesning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

50. Yana bir vaziyat! Drmich o'tkiriy burchakdan to'pni noaniq tarzda darvozaga yo'lladi!

49. ZARBAAAAAAAAAAAAA!
SHakiri! belgilangan jarima to'pini Romero bir amallab qaytardi

47.
Argentina ancha faol boshladi taymni, Maskeranoning zarbasi noaniq ketdi, burchak to'plari, va nihoyat Messini yiqtilishi. Jarima to'pini Messi tepadi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45. Hakam ham juda qizg'onchiq ekan. Birinchi bo'limga biron daqiqa ham qo'shimadiya tanaffus

45.
Himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

44.
Drmich oldinga bordi va burchak to'pi ishlab oldi. SHakiri to'pni sheriklariga oshirib beradi

42.
Birinchi bo'limda darvozalarga aniq zarba berish bo'yicha ko'rsatkichlar: 4:3

40.
Messi! Uch nafar futbolchini ortda qoldirib jarima maydoniga kirib bordi va Di Mariyaga to'pni oshirdi. Uning zarbasi kuchsiz chiqdi, Benalo uchun ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi

38. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! SHakirining ajoyib pasidan so'ng Drmich darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, Biroq Yosipning zarbasi to'g'ri Romeroning qo'llariga bordi!

37.
Stadionga yig'ilgan muxlislar o'zlarini tabloda ko'rib qolib kulishmoqda, menimcha bu qiz tishini blendamedda yuvadiyov

35. Ogohlantirish. SHveycariya.
Granit Jaka

33.
SHakiri jarima to'pini amalga oshirdi, Romero baland sakrab to'pni qaytarib yubordi.

31.
O'yindagi ustunlik Argentina tomonida, ammo haqiqiy golga tortadigan vaziyatni SHveycariya sodir etdi

30.
Di Natasha Mariya burchak to'pini amalga oshirdi, Roxo to'pga jichchcha eta olmadi

28.
Iguainning pasidan so'ng Lavessi zarba berdi, kuchsiz zarbadan so'ng Benalo to'pni qaytardi

27. Burchak to'pi dubl dva... ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! JAKAAAAAAAA! Uning zarbasidan so'ng to'pni Romero oyoqlari bilan qaytardi! Yana bir zarba, bu safar ham Romero o'z joyida!

27.
SHveycariya oldinga o'tmoqda, ular himoyada o'ynayverib zerikishdi. SHakiri burchak to'pini amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

24.
Messining jarima to'pidan oshirgan to'pini Iguain boshi bilan darvozaga zarba berdi, noaniq

23.
Argentina bir amallab hujum tashkil qilib gol urishga urinmoqda. So'nggi pas noaniq ketmoqda

21. O'yinni kim qaerda tomosha qilmoqda? Javoblaringizni yozib yuboring. Yoki translyaciyani qanday holatda o'qib borayapsiz?

19.
Messi raqibdan o'tib ketdi, ammo Rodriges osonlik bilan to'pni unga berib qo'ymadi

18.
Stadionga yig'ilgan muxlislarga bu bahsning davom etishi yoqmayapti, ular hushtakbozlikni boshlashdi

16.
Sochini "pyorishka" qilib olgan Bexrami to'p uchun kurashda raqibga yutqazib qo'ydi

15.
Jaka Messini qo'llari yordamida maydonga yiqitdi. Bugun uni ko'p bor yiqitishadi, bu aniq

14.
Bahsni FIFA prezidenti Yozef Blatter, futbol qiroli Pele kuzatib bormoqda. Argentinaning o'yinida Pele, ha! 

13.
Messi chap qanotda to'pni egallab oldi, u maydonda borligini eslatib qo'ydi, uning pasini Benalo ushlab oldi

12.
bek maur va boshqalarga tegishli: salom gruppadagilar!

10.
Argentinaning ikkinchi jarima to'pini ham himoyachilar qaytarishdi

9.
O'yin xuddi suvi ko'proq solib yuborilgan oshga o'xshab lanj...

8.
SHveycariyaning hujumi! Mehmoni va SHakiri bir amallab burchak to'pini ishlab olishdi, Inlerning zarbasi noaniq ketdi

7.
Saytimiz vakili Tolibjon Qosimov Bohokaga salom deb qo'yishimizni so'ragandilar. Salom etkazildi

5.
Argentina jarima to'piga ega bo'ldi, himoyachilarning qaytargan to'pini Lavessi darvozaga yo'lladi, noaniq

4.
Argentina terma jamoasi emas uning muxlislari o'yinni faol tarzda boshlashdi, ularning soni anchagina ko'p va ular qo'shiqlarini kuylashmoqda, ajoyib muhit!

3.
O'tgan o'yin qahramoni SHakiri bahsni Lavessining oyog'iga tepish bilan boshladi

2.
Argentina to'pni o'zida ushlab turibdi, yomon qizg'onchiq futbolchilar ekan bular raqibgayam to'pni beringlarda

1. O'yin boshlandi!

- Haligi nima edi? Haya qani kettik yigitlar!


- Jamoalar uchrashuvni boshlashga tayyorlar!

- Bugun barchasi go'zal, yam-yashil maydon ham stadiondagi muxlisalar ham!

- Navbat SHveycariya madhiyasiga

- Argentina davlat madhiyasi yangramoqda. Stadionga yig'ilgan muxlislar kuylashmoqda...

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- SHu muxlislarga ovoz berishingiz mumkin. Raqamini barcha biladi)

- Bu esa argentinalik muxlis



- Muxlislar bilan tanishtirishni boshlaymiz)



- Argentina hamda SHveycariya o'rtasidagi bahsni sizlar bilan birga Narzulla Saydullaev kuzatib borishga harakat qiladi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari, bemorlari, shinavandalari...

- O'yin soat 21:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика