So’nggi yangiliklar

13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  5 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  10 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  11 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  14

Argentina na poslednix minutax vyrvala pobedu u Nigerii i proshla v pley-off Yangiliklar

Argentina na poslednix minutax vyrvala pobedu u Nigerii i proshla v pley-off

Teglar :  CHM-2018
Sbornaya Argentiny oderjala pobedu nad Nigeriey i vyshla v pley-off chempionata mira po futbolu. Pobednyy myach zabil byvshiy igrok Spartaka Markos Roxo.

Nigeriya - Argentina 1:2

Gol: Mozes 51 (pen.) - Messi 14, Roxo 86.

Bosh hakam: Juneyt CHaqir.

Nigeriya: 21.Frensis Uzoxo, 2.Brayan Idovu, 5.Villiam Ekong, 6.Leon Balogun, 22.Kennet Omeruo, 4.Uilfrid Ndidi, 8.Ogenekaro Etebo, 10.Jon Obi Mikel, 7.Axmed Musa, 11.Viktor Mozes, 14.Kelechi Ixeanacho (Igalo 46).

Argentina: 12.Franko Armani, 2.Gabriel Merkado, 3.Nikolas Talyafiko (Aguero 80), 14.Xaver Maskerano, 16.Markos Roxo, 17.Nikolas Otamendi, 7.Ever Banega, 11.Anxel Di Mariya (Meca 72), 15.Enco Peres (Pavon 61), 9.Gonsalo Iguain, 10.Lionel Messi.

Ogohlantirishlar: Balogun 32 - Maskerano 49, Banega 64.


Nigeria

Victor Moses - 51'

World Cup Grp. D . 3-tur

26/06/2018, 23:00

2
:
1
Tugadi

Argentina

Lionel Messi - 14', Marcos Rojo - 86'

Stadion: New Zenit Stadium, 64468 tomoshabin

Bosh hakam: Cuneyt Cakir

45'
90'
32'  Leon Balogun
46'  Kelechi Iheanacho (Odion Ighalo)
51'  Victor Moses
90'  Kenneth Omeruo (Alex Iwobi)
90'  John Obi Mikel
90'  Ahmed Musa (Simy)
14'  Lionel Messi
14'  Ever Banega
49'  Javier Mascherano
61'  Enzo Perez (Cristian Pavon)
64'  Ever Banega
72'  Angel Di Maria (Maximiliano Meza)
80'  Nicolas Tagliafico (Sergio Aguero)
86'  Marcos Rojo
86'  Gabriel Mercado
90'  Lionel Messi


BAHS YAKUNLANDI!!!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga qancha vaqt qo'shildi? Ko'rsatilmadi.

86. ROXOOOOO! GOOOOLLLLLL!!!! Maradona barmoqlari bilan mana senlarga deyapti! Roxo qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga oyog'i bilan to'g'irlab qo'ydi!!! 

85. ZARBAAA! ETEBOOO! Uning zarbasi tashqi tomondan to'rga tegdi. Bizga esa goldek ko'rindi. Hisob 1:1

84. Nigeriya terma jamoasi raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi.

83. IGALLOOO! Odion argentinaliklar darvozaboni bilan birga-bir chiqdi, Armani esa o'z jamoasi joniga oro kirdi.

81. IGUAINNN! Qanday qilib yaxshi vaziyatni golga aylantira olmaydi u? Gonsalodan noaniq zarba.

80. O'zgarish. Talyafiko maydonni tark etdi. Aguero maydonda.

78. Argentina bu o'yini bilan guruhda qolib ketishga munosib deydiganlar ko'p bo'lsa kerak. Ikkinchi bo'limda ular juda yomon harakat qilishmoqda.

75. IGALOOOO!!!! Odion deyarli 11 metrdan darvozani nishonga ola bilmadi. Endi hakam VAR tizimiga murojaat qildi. Zarbadan oldin to'p Roxo qo'liga tekkan ekan. CHaqir esa penalti yo'qligini malum qildi.

72. Di Mariya o'rniga Meca maydonga tushdi.

71. NDIDI!!!! Nigeriyalik futbolchining 25 metrdan bergan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

69. Maskerano yuzida qon bilan o'yinni davom ettirmoqda, uning qoshi yorilgan.

64. Ever Banega sariq kartochka bilan jazolandi. Futbolchi raqibga qo'pollik ishlatdi.

61. O'zgarish. Enco Peres o'rniga Pavon maydonga tushdi.

59. Ikkinchi bo'limda Nigeriya juda faol harakat qilmoqda, xavfli vaziyatlar birinchi bo'limdagidan ko'p.

51. GGOOOOOL!!! Mozes penaltidan hisobni tenglashtirdi.

49. Penalti! Maskerano burchak zarbasidan so'ng qo'pollik ishlatdi va o'z darvozasi tomon penalti ishlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zgarish. Ixeanacho o'rniga Igalo maydonga tushdi.


TANAFFUS! Ketib qolmang, birinchi bo'limdan ajoyib suratlarni havola qilamiz.

45. Ixeanacho Markos Roxoning oyog'iga boshi bilan zarba berib jarohat oldi. Ayni damda esa Maradona oyoqlarini cho'zib uxlayapti. O'yindan zerikdimi yoki g'alabaga ishonchi shunchalik kuchlimi?

41. Juneyt CHaqir va uning yordamchisi kelisha olmay qolishdi. Armani chiqarib yuborgan to'pni yon hakam burchakdan o'yinga kiritish kerakligini ko'rsatdi, CHaqir esa aut bo'lganini aytdi. Natijada bosh hakam qarori amalga oshirildi.

34. UXXXXX! Messi Uzoxo qo'riqlayotgan burchakka zarba berdi, darvozabon esa jonli devor yopib turgan tomonga bir qadam tashlab, ortga sakradi. To'pi ustunga tegib, o'yinga qaytdi. Sal qolishiga sal qoldi.

32. Sariq kartochka. Di Mariya jamoadoshi bilan devor uslubida pas o'ynab, himoyachilardan qochib ketdi, ammo nigeriyalik futbolchi uni bir amallab yiqitdi. Darvozadan 23-25 metr uzoqlikda standart. To'p qarshisida siz bilgan Messi. O'tgan mundialda aynan Nigeriyaga qarshi bahsda Messi jarimadan gol urgan edi. Esingizdami?

27. Messi pas bilan Iguainni raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir chiqarib yubordi. Posbon hammadan oldinroq chiqib, xavfni bartaraf etdi, biroq beso'naqay harakat qilgan Iguain darvozabonga jarohat etkazdi.

24. Goldan keyin argentinaliklarning har bir harakati muxlislar tomonidan iliq kutib olinmoqda va qarsaklar chalinyapti.

Messining golini bu erdan ko'chirib olishingiz mumkin: TELEGRAM

14. MESSSSIIII! GOOOOOLLL! U QAYTDI!!!! Lionel Messi markazdan kelgan ajoyib uzatmani o'ziga to'g'irlab oldi va o'ng oyog'i bilan darvozaning chap qismiga zarba berdi. Hisob ochildi!

12. Ispan nashrlarining malumotlariga ko'ra, o'yin o'tayotgan stadionda Lionel Messining ayoli va farzandlari ham bor. Futbolchining xotini turmush o'rtog'iga qo'shimcha dalda bo'lish uchun Rossiyaga uchib keldi.

10. Messi ishga kirishdi... Leo raqib jarima maydonchasining chap tomonidan markazga to'pni uzatishga qaror qildi, ammo to'p nigeriyalik himoyachiga tegdi va xavf bartaraf etildi.

9. Axmad Musa Nigeriya terma jamoasining ushbu bahsdagi ilk zarbasiga mualliflik qildi. To'p darvozas ustidan o'tib ketdi.

7. Talyafika raqib jarima maydonchasining chap burchagidan darvoza tomon zarba berdi, nigeriyaliklar halaqit qilgani tufayli, to'p darvozaga bormadi.

2. Guruhdagi vaziyatni sizlarga eslatib o'tamiz.

 1) Xorvatiya - 6 ochko

 2) Nigeriya - 3 ochko

 3) Islandiya - 1 ochko

 4) Argentina - 1 ochko

1. Muxlislar vaqtni soniyalar bilan sanashdi va uchrashuvga start berildi. Tarkiblar biroz teparoqda.

- Tribunalarga esa mana bunday bannerlar ilingan.

- Diego Maradona har doimgidek o'z jamoasi bilan birga. U tribunani o'z qiliqlari bilan "yondirmoqda". Ha, bugungi uchrashuv turnirdagi eng ko'p teletomoshabin yiqqan bahslardan biri bo'lishi aniq.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun, 26 iyun kuni Sankt-Peterburgdagi stadionda Nigeriya va Argentina "D" guruhining ikkinchi pley-off yo'llanmasi egasini aniqlashi mumkin. Jamoalar maydonga chiqishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика