So’nggi yangiliklar

21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  1 21:43Аёллар. Ўзбекистон Осиё кубоги саралаш босқичида Непални мағлуб этмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  29 20:55"Андижон" — "Бунёдкор" 0:1 (Матнли трансляция)  14 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  2 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   3 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10

Argentina futzal terma jamoasi sardori: "O'zbekistonga qarshi o'yin biz kutgandan anchagina qiyin bo'ldi" Yangiliklar

Argentina futzal terma jamoasi sardori: "O'zbekistonga qarshi o'yin biz kutgandan anchagina qiyin bo'ldi"

O'zbekiston - Argentina (0:1) o'rtoqlik uchrashuvidan keyin Argentina terma jamoasi sardori Maksimiliano Rechia o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




"O'zbekiston terma jamoasiga qarshi bugungi o'yin qiyin bo'ldi, biz kutgandan anchagina qiyin bo'ldi. Futzal nafaqat O'zbekistonda, balki butun Osiyoda o'smoqda. Toshkentga Evropada o'ynayotgan legionerlarimizni ham, boshqa davlatda o'ynayotgan legionerlarni ham olib keldik. Guvohi bo'ldikki, qiyin o'yinda bizga kerak ekanliklari bilindi. Uzoq vaqt davomida o'ynamaganimiz uchun jismoniy tomonlama biroz bizga tasir qildi deyish mumkin. SHunga qaramay o'zimizga keldik va yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik.

- O'zbekiston terma jamoasiga qarshi Jahon chempionatidagi kabi kuch bilan o'ynadinglarmi yoki o'rtacha kuch sarflandimi?

- O'zbekiston bilan yarim kuch bilan o'ynadik deya olmayman. Biz har bir jamoani hurmat qilamiz. O'zbekiston terma jamoasini o'sib kelayotgan jamoalaridan biri ekanini bilardik. Bir yil davomida umuman futzal o'yinlarini o'tkazmadik. Jahon chempionatiga esa oz qolmoqda. Bugungidek bahslar tayyorgarlik uchun bizga juda ham as qotadi", - deydi Maksimiliano Rechia.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика