Aren Robben "Bavariya"da qolmoqchi
24 dek 2013 21:35
Yangiliklar

Aren Robben "Bavariya"da qolmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben Myuxen jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqida u SZ nashriga bergan intervyusida gapirib berdi.
Gollandiyalik futbol yulduzi Aren Robben hozirda jarohatini davolash bilan band. Futbolchi nemis nashrlariga bergan intervyusida futbolchilik faoliyatini “Bavariya“ tarkibida davom ettirish niyati bor ekanligini aytib o'tdi.
“O'ylashimcha, tahminan yana uch yilcha yuqori darajada to'p tepa olaman. Bu davrni jon deb “Bavariya“da o'tkazgan bo'lardim. Bu haqda Rumyeningega aytdim. U bo'lsa mazkur masala yuzasidan keyinroq bafurja gaplashib olishimizni aytdi“, - deydi gollandiyalik futbol yulduzi.
“Jamoadagi vaziyat meni to'laligicha qoniqtiradi. Bu erda o'zimni juda yaxshi xis etaman. “Bavariya“dek jamoaning bir qismi ekanimdan faxrlanaman. Qolaversa, Myunxen oilamga ham juda yoqadi. Ammo futbolda nima bo'lishini avvaldan bilib bo'lmaydi. Bu yog'ini vaqt ko'rsatadi. O'zimga qolsa faoliyatimni qolgan qismini ham Myunxeda o'tkazgan bo'lardim.“, - deya Myunxen super klubi safida qolmoqchi ekanligini bildirdi Robben.
Eslatib o'tamiz, Robbening amaldagi shartnomasi 2015 yilda o'z poyoniga etadi.

Fikrlar