So’nggi yangiliklar

Arda Gyuler ajoyib natija qayd etmoqda Yangiliklar

Arda Gyuler ajoyib natija qayd etmoqda

Turk futbolchisi o'ziga berilgan imkoniyatdan maksimal foydalanmoqda.

"Real Madrid" klubi futbolchisi Arda Gyuler "Real Sosedad"ga qarshi o'yinning 29-daqiqasida hisobni ochdi. Bu Gyulerning La Ligadagi so'nggi uchta o'yinidagi ikkinchi gol hisoblanadi. Avvalroq, 19 yoshli futbolchi "Selta" darvozasiga gol urgandi. Garchi, Arda ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan bo'lsa ham o'ziga berilgan daqiqalardan maksimal foydalanmoqda. Gyuler bugungi goli urilgan daqiqaga qadar La Ligada umumiy hisobda 70 daqiqa harakat qilgandi.

Malumot uchun, Arda Gyuler "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda La Liga doirasida ilk marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

+1   
27 apr 07:50:15
Adham_realmadrid
Yaxshi Arda usyapti shu bola
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика