So’nggi yangiliklar

11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  0 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3

Nematillo Quttiboev: "Ko'p himoyalanganimizga qaramay, g'alabaga loyiq edik" Yangiliklar

Nematillo Quttiboev: "Ko'p himoyalanganimizga qaramay, g'alabaga loyiq edik"

Pro liganing 7-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Aral" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Kurashlarga boy o'yin guvohi bo'ldik. Yigitlarimga rahmat aytaman, so'ngi daqiqaga qadar to'xtashmadi. Bizni qo'llab quvvatlab turgan muxlislarimizga alohida rahmat aytaman. Bugun g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman.

- "Aral" jamoasining O'zbekiston kubogidagi so'ngi bahsi va bugungi uchrashuv juda katta farq qildi. Kubok o'yinlarida jamoangiz ancha hujumkor o'yin namoyish etayotgan edi. Bugun esa pragmatik futbol uslubini tanladingiz. Bunga sabab nima?

- "Xorazm" jamoasi bizni ko'proq himoya haqida o'ylashga majbur qildi. Raqibimiz ikkita hujumchi bilan o'ynadi. Ko'p himoyada o'ynaganimizga qaramay, qarshi hujumlarimiz ham ancha xavfli bo'ldi. O'yin shunday taktika tanlashga majbur qildi.

- "Aral" jamoasi raqibdan kelib chiqib uslub tanlaydimi yoki aniq tanlab olingan uslubga sodiqmisiz?

- To'g'risini aytaman, biz har bir uchrashuvda hujumkor futbol o'ynashga harakat qilamiz, ammo har doim ham bunday bo'lavermaydi. Bugungi maydonning holati ham yaxshi emas edi. Bunday maydonda tezkor futbol namoyish etish qiyin. Bugun yaqqol hujumchisiz o'ynadik. Asosiy hujumchimiz oilaviy sabablarga ko'ra o'z o'yiga jo'nab ketdi.

- Vodiy va Voha tomonlardan kuchli futbolchilar muntazam ravishda etishib chiqadi. Xorazm va Qoraqalpog'iston taraflardan yaqin orada kuchli futbolchi chiqishi mumkinmi?

- Biz tomonlarga ham katta futbol kirib kelmoqda. Tez orada bizda ham yaxshi va iqtidorli futbolchilar chiqishi aniq.





Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика