Arauxo o'yin vaqtida hushidan ketdi, unga miya chayqalish tashhisi qo'yildi
11 may 2022 07:45
Yangiliklar
Arauxo o'yin vaqtida hushidan ketdi, unga miya chayqalish tashhisi qo'yildi
"Barselona" Ronald Arauxoning jarohati yuzasidan malumot berdi.
Urugvaylik futbolchi "Selta"ga qarshi o'yinning ikkinchi taymida jamoadoshi Gavi bilan to'qnashib ketdi. SHundan so'ng u hushidan ketgandi.
Kataloniya klubining rasmiy malumotiga ko'ra, Arauxo kasalxonaga olib ketilgan va unga miya chayqalishi tashhisi qo'yilgan.
Keyinchalik u o'ziga kelgan.
Fikrlar