So’nggi yangiliklar

00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  13 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  15 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  16 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  4 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  33

Arabcha hisob-kitob. Barchasi uchun qasos olamizmi? Yangiliklar

Arabcha hisob-kitob. Barchasi uchun qasos olamizmi?

Ayni paytda barchaning diqqat-etibori O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni U-23 jamoalari o'rtasidagi Osiyo kubogi final uchrashuviga qaratilgan.

Final esa ikki jamoa uchun ham muhimlilik darajasi yuqori bo'lgan bahs hisoblanadi. Bu ikki jamoa bir-biri uchun begona emas. Ayniqsa bu yosh toifasi uchun bu uchinchi to'qnashuv hisoblanadi.  So'nggi yillarda turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun haqiqiy bosh og'riq bo'layotgan saudiyaliklar bu safar ham bizga raqiblik qiladi. Keling shu o'rinda so'nggi yillarda ushbu yurt terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvlarni yodga olib chiqamiz.  

2019 yil. Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Saudiya Arabistonidagi saralash bahslarida qatnashgandi. O'shanda ham termamiz musobaqa mezbonligini qo'lga kiritgan, Saudiyaga esa tayyorgarlik ko'rish maqsadida borgandi. Ushbu to'qnashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishganini aytish joiz. 88-daqiqada Jasur Jaloliddinovning goli mag'lubiyatdan qutqarib qolgan edi. 


10.11.2019. 

Saudiya Arabistoni U-19 - O'zbekiston U-19 1:1

Gollar: Al Sayali 45 (pen) - Jasur Jaloliddinov 88

O'zbekiston: 1. Abduvohid Nematov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Odilbek Abdumajidov, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Xojimat Erkinov, 10. Jasur Jaloliddinov, 15. Diyor Ramazonov, 17. Ruslan Roziev, 20. Xurshidbek Ubaydullaev, 22. Diyorbek Rahimqulov

Zaxira: 12. Asadullaxon Polvonov, 16. Islomjon Abdullaxonov, 3. Davron Anvarov, 5. Alibek Davronov, 8. Ibrohim Ibragimov, 11. Bekzod SHamsiev, 13. Eldorbek Begimov, 14. Sunnatillo Hamidjonov, 18. Muzaffar Olimjonov, 19. Muhammadqodir Rahimberganov, 23. Otabek Jo'raqo'ziev


Xuddi shu yilning 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoning milliy terma jamoasi ro'baro' keldi. "Paxtakor" stadionida fantastik muhitda kechgan bellashuvda hisobda oldinda borayotgan terma jamoamiz yakunda 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchragani yodingizdan chiqib ulgurmagani aniq. Demak ikkinchi urinish ham samarasiz ketdi. 


JCH-2022 saralashi

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:3

Gollar: Eldor SHomurodov (16), Otabek SHukurov (56-p) - Salman Al Faraj (23-p, 85), Salim Al Dosari (90)

14 noyabr 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:00

Hakamlar: Ryuji Sato, Xiroshi Yamauchi, Jun Mixara, Yudai Yamamoto (barchasi Yaponiya)

Nazoratchi: Omar Musa Halaf Abu Lum (Iordaniya)

Komissar: Mohd Sayfiddin Abu Bakar (Malayziya)

O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov - 3.Hojiakbar Alijonov, 9.Odil Ahmedov, 5.Rustam Ashurmatov, 4.Farruh Sayfiev - 8.Ikrom Aliboev, 7.Otabek SHukurov, 13.Sanjar Qodirqulov - 10.Jaloliddin Masharipov, 17.Dostonbek Hamdamov, 14.Eldor SHomurodov.

Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 16.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Murod Xolmuhammedov, 6.Lutfulla To'raev. 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Egor Krimec, 18.Odil Hamrobekov, 19.Aziz Turg'unboev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Igor Sergeev, 22.Jamshid Iskanderov, 23.Oleg Zoteev.

Saudiya Arabistoni: 21.Muhammad Al Ovays, 13.Yosir Al SHahroni, 4.Ziyod Al Sahafi, 5.Muhammad Xubrani, 6.Muhammad Al Burayk, 7.Salmon Al Faraj, 8.Yahyo Al SHehri, 11.Xattan Bahbri, 14.Abdulloh Otayf, 17.Firas Al Buraykan, 18.Salim Al Davsari.

Zaxira: 1.Amin Al Buhari, 2.Saud Abdulloh, 3.Hassan Al Tambakti, 9.Xorun Kamara, 10.Navaf Al Abid, 12.Abdulloh Al Haybari, 16.Abdurahmon Al Dosari, 19.Abdulrahmon Al Obayd, 20.Abdulaziz Al Bishi, 22.Favaz Al Qarni, 23.Abdulloh Al Hamdan.


2020 yilning yanvar oyida Tailandda Tokio-2020 olimpiyadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo chempionati tashkillashtirildi. CHorak finalda BAA to'sig'idan osonlikcha o'tgan olimpiyachilarimizni yarim finalda Saudiya Arabistoni kutardi. Tengma-teng kechgan bahsda so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol saudiyaliklarning to'g'ridan-to'g'ri olimpiyadaga yo'llanma olishini taminlagandi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa Avstraliya "uloq"ni ilib ketgan. 


U-23 Osiyo chempionati. Yarim final

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 1:0

Gol: Nosir Salmon Al Omran (87)

22 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)

Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

Qanot hakamlari: Jun Mixara va Xiroshi Yamauchi (ikkisi Yaponiya)

To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)

VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)

VAR yordamchi hakamlari: Iida Jumpey (Yaponiya) va Ma Ning (Xitoy) 

Saudiya Arabistoni U-23: 22.Muhammad Alyami, Abdulbosit Muhammad Hindi, 4.Hassan Altambakti, 6.Sami Alnaji, 7.Abdulrahmon G'arib, 9.Abdulloh Abdulrahmon Alhamddan, 10.Ayman Alhulayf, 13.Holid Dubaysh, 14.Ali Sodiq Al Hassan, 20.Muhtor Ali SHayh, 23.Saud Abdulloh Albudhamid.

Zaxira: 1.Amin Muhammadsaloh Al Buxoriy, 21.Saloh Abdulloh Al Ohaymid, 2.Abdulloh Hassun Tarmin, 5.Abdulilah Alamri, 8.Nosir Salmon Al Omran, 11.Abdulrahmon Hoshim Alyami, 12.Ayman Yahyo Ahmad, 15.Hussayn Ahmad Al Isa, 16.Yusuf Saad Al Harbi, 17.Saad Ali Al Saluli, 18.Holid Al G'annam, 19.Feras Tariq Al Brikan.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.



Joriy yilda JCH-2022 navbatdagi bosqichiga yo'llanma beruvchi asosiy bahsda milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga yirik hisobda engildi. Bu natija esa tarixda ilk bor ikkinchi bosqichda qolib ketishimizga sabab bo'ldi. 


JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bosqichi

15.06.2021, 23.00

S.Arabistoni - O'zbekiston 3:0

Gol: Salmon al Faraj, 25 (1:0), Salmon al Faraj, 32 (2:0), Ali Al Hassan, 52 (3:0)

Bosh hakam: Xyung Jin Ko (J.Koreya)

Qanot hakamlari: Jaeol Yun, Sang Jun Park (J.Koreya)

Zaxira hakami: Muhammad Abdulla (BAA)

Saudiya Arabistoni: 21. Muhammad Al Ovays – 2. Sulton Al G'anim, 3. Abdulla Madu, 13. Yosir Al SHaxroni, 23. Hassan Al Tambakti – 7. Salmon Al Faraj, 8. Ali Al Hassan, 14. Ibrohim Otayf – 11. Holid Al SHexri, 18. Abdulloh G'arib, 19. Muhammad Halil Al Ovays.

Zaxira: 1. Muhammad Faraj Al Yami, 4. Muhammad Abdu Qurboniy, 5. Al Bulayxi, 6. Abdulele Al Amri, 9. Abdulla Al Hamadan, 10. Ali Hassan Al Asmari, 12. Saud Abdulla Abdulhamid, 15. Nosir Issa Al Dovsari, 16. Sami Al Naji, 17. Muhammad Marzuq Al Kuvaykibi, 20. Feras Al Brikan, 22. Zayd Majid Al Bavardi

O'zbekiston: 12. Sanjar Quvvatov – 23. Ibrohimhalil Yo'ldoshev(17. Dostonbek Hamdamov,54), 5. Rustam Ashurmatov, 9. Odil Ahmedov, 3. Hojiakbar Alijonov – 6. Odil Hamrobekov(22. Oybek Bozorov, 54), 7. Otabek SHukurov, 13. Oleg Zoteev, 10. Jaloliddin Masharipov, 18. Vagiz Galiulin(Ikrom Aliboev, 54) – 14. Eldor SHomurodov

Zaxira: 1. Abduvohid Nematov, 4. Farruh Ikromov, 16. Valijon Rahimov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 2. Islomjon Qobilov, 15. Husniddin Aliqulov, 19. Abrorbek Ismoilov,  11. Temurxo'ja Abduholiqov, 21. Igor Sergeev. 


O'tgan yilning oktyabr oyida Toshkent mezbonlik qilgan saralash bahslarida ham bu ikki raqiblar uchrashdi. Hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan bahsda yana Jasur Jaloliddinov so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. 


U-23 Osiyo chempionati saralashi, 1-tur

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 2:2

27 oktyabr 2021 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 

Gollar: 40 - Hamed Abdulloh Al Gamdi (1:0), 45 - Otabek Jo'raqo'ziev (1:1), 47 - Abdulmuhsin Al Qahtani (2:1), 79 - Jasur Jaloliddinov (2:2)

Hakamlar: Yusuke Araki (Yaponiya), Yosuke Takebe (Yaponiya), Navaf SHahin Musa (Bahrayn), Ammar Ibrohim Mahfud (Bahrayn).

Saudiya Arabistoni: 22.Abdulrahmon Anvar Al SHammari, 4.Xalifa Odil Al Davsari, 5.Jihod Txikri, 8.Hamed Abdulloh Al Gamdi, 12.Navaf Bu Vashl, 14.Mansur Fayoz Al Beshi, 15.Hussayn Ahmad Al Issa, 16.Ziyad Muborak Al Johani, 19.Abdulloh Al Hamddan, 20.Muhammad Al Kunaydri, 23.Abdulmuhsin Al Qahtani.

Zaxira: 1.Navaf Dhahi Al Aqidi, 21.Abdulrahmon Al Sanbi, 2.Saud Abdulloh Abdulhamid, 3.Volid Abdulvahob Al Ahmad, 6.Ibrohim Maxnashi, 7.Ayman Yahyo Ahmad, 9.Feras Al Braykan, 10.Turki Al Ammar, 11.Xolid Al G'annam, 13.Hamad Turki Al Tuhayfan, 17.Badir Munshi, 18.Meshal Sibyani Xayrallah.

O'zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Abubakr Rizo Turdaliev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Xojimat Erkinov, 10.Jasur Jaloliddinov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 17.Diyor Xolmatov, 19.Hamidxon Rustamxonov, 20.Diyorbek Rahimqulov, 22.Alisher Odilov.

Zaxira: 1.SHukron Yuldashev, 21.Hamidullo Abdunabiev, 3.Asliddin Toshtemirov, 6.Temur Mamasidiqov, 8.Davron Anvarov, 9.Ulug'bek Hoshimov, 13.Eldor Begimov, 14.Bektemir Abdumannonov, 16.Abbos Fayzullaev, 18.Sunnatilloh Hamidjonov, 23.Abdurauf Bo'riev.

Ogohlantirish: 26 - Saidazamat Mirsaidov, 29 - Mansur Fayoz Al Beshi, 55 -Jasur Jaloliddinov, 87 - Sunnatulloh Hamidjonov 


Har narsaning intihosi bo'lishi kerak. Kimdir bu zanjirni uzadi. Umid qilamizki, finalda futbolchilarimiz hammasi uchun qasos olishadi. Buning payti keldi. 


Muallifning shaxsiy telegram kanali: Intervyular olami

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика