AQSH terma jamoasi futbolchisi La Liga klubiga o'tdi
09 iyu 2022 13:11
Yangiliklar
AQSH terma jamoasi futbolchisi La Liga klubiga o'tdi
Yarim himoyachi Luka De la Torre "Xerakles"dan "Selta"ga o'tdi.
Transfer narxi malum qilinmagan. 24 yoshli AQSH terma jamoasi futbolchisi 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi. Amerikalik yangi jamoasida 23-raqam ostida o'ynaydi.
"Selta"ga o'tish men uchun juda ko'p narsani anglatadi", — deydi De la Torre.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar