So’nggi yangiliklar

07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  0 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  1 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2

O'rtoqlik o'yini. AQSH O'zbekistonni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'rtoqlik o'yini. AQSH O'zbekistonni yirik hisobda mag'lub etdi

AQSH hamda O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

02:30, AQSH - O'zbekiston 3:0

"City Park" stadioni, AQSH

Gol: 1:0 — 4, Tim Vea, 2:0 — 90, Rikardo Pepi, 3:0 — 90, Kristian Pulishich.

AQSH: Mett Tyorner, Serjino Dest, Kris Richards (Mark Makkenzi, 64), Antoni Robinson, Yunus Musa, Veston MakKenni (Kristoffer Lund, 81), Kristian Pulishich, Tim Rim, Luka de la Torre (Tanner Tessmann, 35), Florian Balogun (Rikardo Pepi, 46), Tim Vea (Brenden Aaronson, 64).

O'zbekiston: O'tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev (Aziz Turg'unboev, 68), Rustam Ashurmatov (Aziz G'aniev, 68), Otabek SHukurov (Jamshid Iskanderov, 82), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Abror Ismoilov, 86), Oston O'runov (SHerzod Nasrullaev, 67), Eldor SHomurodov (Bobir Abdixoliqov, 82), Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov.

Zaxira: Botirali Ergashev, Umidjon Ergashv, SHahzod Azmiddinov, Abdulla Abdullaev, Akmal Mozgovoy,  Dilshod Saitov.

Ogohlantirish: Kris Richards (49), Hojiakbar Alijonov (63)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 Uchrashuv yakunlandi!

90+5. GOL! Pulishich hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!

90+4. O'zbekiston darvozasiga penalti belgilandi. 

90. GOL! Pepi oradagi farqni ikkitaga oshirdi!

87. Abduxoliqov Maradona uslubida og'yog'ini ishlatmagan holda raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi.

82. Terma jamoamizda ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

78. AQSH murabbiyi nimadandir norozi. Nahotki, u ham O'zAvtoda navbatini kutib yashayapti?!

75. Amerikaga elchixonasida yurtdoshlarimizning ko'pchiligi qaytarib yuborilsa, Yusupov ham bunga javob tarzida amerikaliklarning ketma-ket tepgan to'plarini ortga jo'natib yubormoqda.

73. Dest tez harakat bilan raqib jarima maydoniga kirib bordi va burchak zarbasi ishladi.

70. SHomurodovning yuziga suv sepib yuborish kerak.

67. Terma jamoamiz tarkibida uch o'zgarish yuz berdi.

63. Alijonovning Amerika safarida olgan ilk esdalik sovg'asi sariq kartochka bo'ldi.

62. Toshkentning bir burchagida Janob Bin tavsiya qilgan usulda gugurt cho'plari bilan uyquni oldini olatgan bo'lsam, Amerikadagi stadion burchagida o'zbekistonlik futbolchi uyqusiramagan holda standart vaziyatni bajarishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

61. AQSH futbolchisining zarbasidan so'ng uning "millionlar o'yini" bilan Amerika futbolini adashtirib yuborganini payqash mumkin.

52. Alijonov! Amerikalariklarning darvozasi joyidan ko'tarilib qocharkan, menimcha.

50. Eshmurodov zarba yo'lladi! SHifokor menga asabiylashmaslikni tavsiya qilgani yodimga tushib qoldi.

49. Amerikaliklarni kuch bilan engib bo'lmas, ammo kartochka bilan tinchlantirib qo'yish mumkin.

47. Musaning reylaridini ko'rib, bolaligim yodimga tushib ketdi. Sigirimiz sho'xlik bilan tushovidan bo'shalib, paxtazorga oralab ketganda, ketidan shunday tezlikda yugurardim.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Buyog'iga hamyurtlarimizdan aniqlik talab qilamiz. Zero, uyqusidan voz kechib, uchrashuvni kuzatib borayotgan ishqibozlarim kimgadir "dil izhorlari"ni yo'llashi kerak.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Eslatib o'tamiz, AQSH 2026 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ko'rib turganingizdek, O'zbekiston vazifani 3 yil ilgari uddaladi.

45+1. SHomurodov gol urishni yoddan chiqarib qo'yibdi.

42. SHomurodov... raqib xatosini kechirdi, zarbasining spedometri ko'tarilmadi.

40. O'runovdan zarba! Nega futbolni o'ylab topishganda, darvoza bo'yini bunchalik past qilib yaratishgan-a!

35. Tanner Tessmann de la Torreni almashtirdi.

34. Alijonov... Gollar urib, Messining jamoasida qolib ketmaysanmi...

30. Luka de la Torrega tibbiy yordam kerak. SHu joyga reklama qo'yib yuborsa, balki hammasi iziga tushib ketar.

28. Alijonov bugun Open byudjetga ovoz yig'ayotgan akaxonlar singari tinib-tinchimayapti.

26. Musaning zarbasi golga aylanishi uchun atigi 16 metr masofa etishmadi.

22. UXXX! Alijonovning zarbasi golga aylanishiga sal qoldi. Bilaman, xayolingiz birinchi so'zdan nariga o'tmay qoldi. Men o'zbek tilida yozdim. Birinchi so'z "attang" degan manoni anglatadi.

20. Robirtsonning uzatmasi golga aylanishi uchun sal qolishiga sal qoldi.

16. Darvozamiz tomon ketma-ket zarbalar yo'llandi. Vaziyatlarni ko'rib, yuragimni ushlab oldim.  Yo'q, adashib, o'ng tarafimni ushlab olgan ekanman.

12. Amerikada qoidabuzarlar, albatta, jazolanadi, deyishardi. Yolg'on ekan, MakKennining qo'polligi uchun hakam hech qanday kartochka bermadi-ku.

7. Alijonov sherigiga to'pni menga uzatma degandi, ammo jamoadoshi uzatma oshir deya tushunibdi. Natijada to'p yo'qotildi. 

4. GOL! Amerikaliklarni eng katta orzularidan biri ushaldi — O'zbekiston darvozasiga to'p kiritildi.

4. Amerikalik hujumchidan zarba! Nima bo'lsayam, Ozodlik haykalining qo'lidagi mayoq eson-omon turgan bo'lsin.

3. Alijonov Pulishichdan to'pni olib qo'ydi. Hojiakbar, chamadoningni yig'ishtirib, bu erdan to'g'ri Italiyaga ketaver. 

1. Uchrashuv boshlandi! Amerikadagi o'yinni Amerikaga keta olmayotganlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.


Bugun 300 dan ortiq o'zbekistonlik tomoshabin bevosita stadiondan turib terma jamoamizni qo'llab-quvvatlamoqda. Albatta, bu erdagi o'yinlarga kelish osonmas. CHipta olish uchun kuz avvalida ariza topshirib, bahor yakunida javobini kutishingizga to'g'ri keladi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun mezbonlar oq, hamyurtlarimiz esa ko'k rangli libosda harakat qilardi. 

Assalomu alaykum, uyqu stadioniga ketib qolmagan futbol ishqibozlari!

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика