AQSH fevralda Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi
04 dek 2013 16:50
Yangiliklar

AQSH fevralda Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi
Yurgen Klinsmann boshqaruvidagi AQSH terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadigan bo'ldi.
Bu haqida fussballportal.de sayti malumot tarqatdi. Manbada takidlanishicha, Jahon CHempionatiga tayyorgarlik ko'rish yo'lida ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni mo'ljallayotgan Amerikaliklar uchun bu o'yin ancha ahamiyatli bo'ladi.
- Ha, biz fevralda chindan ham Janubiy Koreya bilan o'ynaymiz. Menimcha, Jahon CHempionati ishtirokchisiga qarshi o'tadigan bahs anchagina foydali bo'ladi, - dedi AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann.
Aytish lozimki, bu ikki jamoa avval ham to'qnash kelgan bo'lib, o'sha uchrashuvda 1-1 hisobi qayd etilgan edi. O'shanda jamoalar 2002 yilgi JCH doirasida to'qnash kelishgan edi. Bu galgi match esa 1 fevral kuni Los-Anjeles yaqinida bo'lib o'tishi rejalshtirilgan.

Fikrlar