So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  6 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Aprel oyida Andijon, Qo'qon va Xorazmda mini-futbol maydonchalari qurilish ishlari boshlanadi Yangiliklar

Aprel oyida Andijon, Qo'qon va Xorazmda mini-futbol maydonchalari qurilish ishlari boshlanadi

Teglar :  O'FAOFK
Xabaringiz bo'lsa, o'tgan yilning 9 noyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O'zbekiston futbol Associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederaciyasi prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuv o'tkazgandi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib,  Andijon, Qo'qon va Xorazmda bolalar uchun mo'ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilishiga OFK tomonidan mablag' ajratilishi bo'yicha kelishuvga erishilgandi.

Ana o'sha kelishuvga asosan OFKning  futbol maydonlari qurilishi bo'yicha mutaxassisi Menduh Akyurekli yurtimizga tashrif buyurib, Andijon, Qo'qon va Xorazm shaharlarida mini-futbol maydonchasi qurilishi uchun ajratilgan hudud bilan tanishdi.Maydonchalarning qurilishi bo'yicha o'zining amaliy maslahatlarini berdi.

Kelishuvga ko'ra, shu yilning aprel oyi boshlarida Italiyaning qurilish bo'yicha mashhur bo'lgan "Limonta" kompaniyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurib, suniy qoplamali maydon qurilish ishlarini boshlashadi. Har uchchala stadion yuqori sifatli texnologiyalar yordamida barpo etiladi va bu maydonchalarda yilning barcha faslida futbol uchrashuvlari va mashg'ulotlar o'tkazish mumkin bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика