APLning yangi mavsumi muxlislar bilan o'tkazilishi mumkin
02 iyu 2021 15:38
Yangiliklar
APLning yangi mavsumi muxlislar bilan o'tkazilishi mumkin
2021/22 yilgi mavsumdan boshlab APL o'yinlari muxlislar bilan o'tkazilishi mumkin.
Bu boradagi yakuniy qaror 19 iyulda qabul qilinadi. Bu vaqtga kelib hukumat himoya niqoblari va ijtimoiy masofa bo'yicha barcha majburiy cheklovlarni olib tashlamoqchi.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasi yangi mavsumi 13 avgustda start oladi.
O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, "Manchester Siti" mamlakat chempioni bo'ldi.
Fikrlar