APLning uch klubi Kovachichga qiziqish bildirmoqda
26 mar 2023 14:14
Yangiliklar


APLning uch klubi Kovachichga qiziqish bildirmoqda
"CHelsi" yarim himoyachisi Mateo Kovachich yozda jamoadan ketishi mumkin.
"90min" xabariga ko'ra, ushbu futbolchiga Manchesterning ikki klubi hamda "Liverpul" tomonidan qiziqishlar bor. U 2018 yilgi mavsumdan buyon "CHelsi" tarkibida harakat qilib kelmoqda.
28 yoshli xorvatning transfer summasi 40 mln evro atrofida baholanyapti. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yil yozida yakunlanadi. Ushbu mavsumda u APLning 19 o'yinida qatnashib, 1tadan gol va assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar