So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  5 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  3 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  3 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5

APLning boy murabbiylari Yangiliklar

APLning boy murabbiylari

Angliya Premer-Ligasida eng ko'p maosh oladigan murabbiylarning 11 nafari...


11. Alan Pardyu (Kristal Pelas) – malumotlarga qaraganda yiliga 1.5 million funt oladi. U o'tgan qishda "Nyukasl" safidan ushbu jamoa safiga kelib qo'shilgandi.



10. Tim SHervud (Aston Villa) – £2m. "Aston Villa"ning muvaffaqiyatsiz o'yinlari so'nggi paytda murabbiyning maoshi haqida emas, u bilan bekor qilinadigan shartnomaning kompensaciya pullari haqida gapirilishiga sabab bo'lmoqda.



9. Maurisio Pochettino (Tottenxem) – £2m. Argentinalik murabbiy o'ziga to'lanayotgan pullarni oqlamoqda desak ham bo'ladi.




8. Sem Ellardays (Sanderlend) – £2.5m atrofida. SHuningdek, "Sanderlend" ho'jayinlari klubni APLda olib qolganligi uchun murabbiyga yana qo'shimcha 2 million funt ham vada qilganlar.




7. Roberto Martines (Everton) – £3m. Ispaniyalik murabbiy 2014 yilning yozidagi tuzilgan shartnomaga binoan aynan shuncha miqdorda yillik daromad qiladi.




6. Slaven Bilich (Vest Xem) – £3m. Yangi stadionga ko'chib o'tayotgan va TV bilan yangi yirik shartnomaga erishishga yaqin turgan jamoaga 3 million funt nima bo'libdi? :)




5. Manuel Pellegrini (Manchester Siti) – £4m. CHililik murabbiyni sal yuqoriroqda bo'lishini kutganmidingiz? Biroq, unga yiliga 4 million funt kifoya ekan.




4. Yurgen Klopp (Liverpul) – £7m. Murabbiy o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olarmikin?




3. Lui van Gal (Manchester Yunayted) – £7.3m. MYU Fergyuson davridagi muvaffaqiyatli jamoani qaytarish uchun nafaqat futbolchilardan, balki murabbiydan ham pul ayamayapti.




2. Arsen Venger (Arsenal) – £8.3m. So'nggi vaqtlarda PSJ tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgan murabbiyni saqlab qolish uchun "kanonirlar" yaxshigina summani bahridan o'tishga tayyorlar.



1. Joze Mourino (CHelsi) – £8.5m. Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri hisoblanadigan Joze ushbu mavsumda o'ziga to'lanayotgan pullarni oqlay olmayapti.


sports.ru sayti malumotlari asosida tayyorlandi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика