APLning 29-tur o'yinlari yakunlandi. To'purarlar poygasiga nazar
06 mar 2018 13:10
Yangiliklar


APLning 29-tur o'yinlari yakunlandi. To'purarlar poygasiga nazar
Dushanbada bo'lib o'tgan "Kristal Pelas" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bahs Angliya Premer-ligasining 29-tur uchrashuvlariga yakun yasab berdi.
Bu turda APL to'purarlar poygasida peshqadamlardan bo'lgan Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted") va Muhammad Salax ("Liverpul") o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. Angliya chempionati "Oltin butsa"si uchun kurashda birinchi o'rinni Garri Keyn ("Tottenxem") va Salax bo'lishib turibdi. Ularda 24tadan gol mavjud. Etiboringizga APL to'purarlar poygasining top-5ni taqdim etamiz
APL. To'purarlar poygasi | ||
---|---|---|
Klub | Futbolchi | Gol |
"Tottenxem" | Garri Keyn | 24 |
"Liverpul" | Muhammad Salax | 24 |
"Manchester Siti" | Serxio Aguero | 21 |
"Manchester Siti" | Raxim Sterling | 15 |
"Manchester Yunayted" | Romelu Lukaku | 14 |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar