APLning 29-tur o'yinlari yakunlandi. To'purarlar poygasiga nazar

Aslanov Jasurbek
6 mar 2018, 13:10
Dushanbada bo'lib o'tgan "Kristal Pelas" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bahs Angliya Premer-ligasining 29-tur uchrashuvlariga yakun yasab berdi.

Bu turda APL to'purarlar poygasida peshqadamlardan bo'lgan Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted") va Muhammad Salax ("Liverpul") o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. Angliya chempionati "Oltin butsa"si uchun kurashda birinchi o'rinni Garri Keyn ("Tottenxem") va Salax bo'lishib turibdi. Ularda 24tadan gol mavjud. E'tiboringizga APL to'purarlar poygasining top-5ni taqdim etamiz

APL. To'purarlar poygasi
KlubFutbolchiGol
"Tottenxem"Garri Keyn24
"Liverpul"Muhammad Salax24
"Manchester Siti"Serxio Aguero21
"Manchester Siti"Raxim Sterling15
"Manchester Yunayted"Romelu Lukaku14

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia