So’nggi yangiliklar

14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  1 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  7 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  9 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  9 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  28

APL+EPLManager. Angliya chempionatining 9-tur sharhi Yangiliklar

APL+EPLManager. Angliya chempionatining 9-tur sharhi

Teglar :  Eplmanager
Etiboringizga Angliya chempionati hamda EPLManager fentezi-futbol saytining 9-tur sharhini taqdim etamiz.

Angliya chempionatining 9-turi bizga ko'plab kutilmagan natijalarni taqdim etdi.

CHempionlik uchun ikki davogar "Arsenal" va "Tottenxem" "Bornmut" va "Midlsbro" bilan nursiz durangga rozi bo'ldi. "To'pchilar" joriy mavsumda eng ko'p gol urayotgan jamoalardan biri bo'lsada, o'z uyida autsayderlar darvozasini ishg'ol qila olmadi.

Yana bir etakchi "Liverpul" o'z maydonida "Vest Bromvich"ni qabul qildi (2:1). Yurgen Klopp jamoasi Mane va Koutinolarning goli tufayli g'alabaga erishdi. Mehmonlar safida Garet Makoli o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

APLning amaldagi chempioni "Lester Siti" "Kristal Pelas"ni taslim etdi (3:1). Musa, Okazaki va Fuxslarning goliga mehmonlar Kabayning yagona aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi. Natijada ikki jamoa turnir jadvalida qo'shniga aylandi.

"Xall Siti" va "Stok Siti" o'rtasidagi bahsda SHakirining dubli mehmonlarga ishonchli g'alaba taqdim etdi.

Ronald Kuman qo'l ostidagi "Everton" mehmonda "Byornli"ga mag'lub bo'ldi (1:2). Lukaku EPLManager saytining 14% foydalanuvchisini umidini puchga chiqarmadi va o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi. Mezbonlar safida Vouks va Arfild gol urdi.

"Suonsi" va "Uotford" o'rtasidagi bahs ham golsiz durang bilan yakunlandi. "Vest Xem" - "Sanderlen" uchrashuvida esa Uinston Rid tufayli "bolg'aurarlar" 3 ochkoga ega bo'lishdi.

"Manchester Siti" ochko yo'qotishda davom etmoqda, ammo hozirgacha turnir etakchisi bo'lib qolmoqda. "SHaharliklar" yakshanba kuni "Sautgempton"ni qabul qilishdi va bu uchrashuvda ham durang qayd etildi, ammo ikkala jamoa bittadan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Redmond o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqqanidan so'ng, Ixeanacho hisobni tenglashtirdi va uchrashuv shu natija bilan yakunlandi.

"CHelsi" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida "aristokratlar" "qizil iblislar"ni yanchib tashlashdi. Joze Mourino o'zining sobiq jamoasidan kuchli zarba qabul qilib oldi. "Stemford Brij"ga yig'ilganlar o'z sevimlilaridan 4 ta gol ko'rishdi. Mehmonlar esa bunga javob qaytara olishgani yo'q.

"Sheepp20" "EPLManager"da eng ko'p ochko to'plagan foydalanuvchiga aylandi. U super-sardorsiz 83 ochko jamg'ardi.


IPro ligasida O'zbekistondan "Arteam" jamoasi 143 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Ushbu ligada 1 va 10 o'rin o'rtasidagi farq bor-yo'g'i 12 ochkoni tashkil qiladi.

Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. Xherdan Shaqiri (STK) 12 points

2. Gary Cahill(CHE) 12 points

3. Winston Reid(WHU) 12 points

4. Sadio Mané (LIV) 10 points

5. Ryan Shawcross (STK) 9 points


Super-sardor sifatida eng ko'p tanlangan futbolchilar:

1. Alexis Sánchez

2. Theo Walcott

3. Sergio Agüero

4. Romelu Lukaku

5. Philippe Coutinho

6. Diego Costa

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика