So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

APLdagi eng katta derbi tarixidan kichik qiziqarli voqea Yangiliklar

APLdagi eng katta derbi tarixidan kichik qiziqarli voqea

SHanba kuni Angliyada Premer-liganing eng katta derbisi bo'lib o'tadi.

Unda "Liverpul" jamoasi "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Hozir esa ana shu derbi tarixiga oid bir qiziqarli voqeani yodga olamiz.

MYU tarixida "Klass-92" juda mashxur hisoblanadi. Bu avlod vakillari jamoada uzoq yillar davomida etakchi rolini bajarishgan. "Klass-92" vakillaridan hisoblangan Devid Bekxem va Gari Nevill birinchi marotaba "Enfild Roud"da maydonga tushganida qiyin, lekin biroz kulguli yo'lni bosib o'tishga majbur bo'lishgan. Bu haqda "qizil iblislar" afsonalaridan biri malum qildi.


"Old Trafford"dagi faoliyati davomida Premer-liga bosh sovrinini 4 bor qo'lga kiritgan Gari Pallister Bekxem va Nevillning "Enfild"dagi birinchi o'yinida yosh muxlislar qay tarzda ularning imzolarini yirtib tashlashganini yodga oldi.


Devid Bekxem gol urganini nishonlamoqda.

"Men eslaydigan eng kulguli voqealardan biri Beks va Nevill "Enfild"da birinchi marotaba o'ynaganida sodir bo'lgan. "Liverpul"ning ikki nafar yosh muxlisi ularning yoniga keldi. Taxminan, ularning yoshi 6 yoki 7da edi. Va bolakaylar ulardan imzo qo'yib berishlarini so'rashdi.

Nevill va Beks aynan ulardan imzo so'rashgani uchun mamnun bo'lishdi, keyin esa... bolakaylar ularning oldida imzo qo'yilgan qog'ozni yirtib tashlashdi", - deya esladi Gari Pallister.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика