APLda yozgi transfer oynasi qachon ochiladi?
15 may 2019 14:07
Yangiliklar


APLda yozgi transfer oynasi qachon ochiladi?
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti yozgi transfer oynasi ochilish va yopilish sanalarini elon qildi.
Unga ko'ra, APLda yozgi transfer oynasi ertaga, 16 may kuni ochiladi. Biroq Angliya chempionati klublari chet el klubi futbolchilarini 11 iyundan keyin sotib olishlari mumkin, chunki aynan shu kuni FIFA xalqaro transfer oynasi ochiladi.
APL klublari uchun transfer oynasi chempionat boshlanishidan avval yopiladi. Angliya chempionatining yangi mavsumi 10 avgust kuni start olishi munosabati bilan transferlar 8 avgustda to'xtatiladi.
Eslatib o'tamiz, ushbu transfer oynasi formati o'tgan mavsumdan qo'llanila boshlangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar