So’nggi yangiliklar

03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  0 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   9 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  2 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  5 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1

APLda debyut qilgan VAR haqida Yangiliklar

APLda debyut qilgan VAR haqida

Teglar :  VAR APL
Bizga yoqadimi yoki yo'qmi ushbu mavsumda VAR Angliya Premer-ligasida ham paydo bo'ldi.

Bungacha deyarli barcha yirik turnirlarda ushbu texnologiyadan foydalanib kelinmoqda. Masalan, Bundesligada, A Seriyada va CHempionlar Ligasida. SHuningdek, xalqaro musobaqalarda, masalan, Amerika kubogi yoki bu yilgi ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida ishlatildi.  

Albatta, ko'pchilik ushbu texnologiyani zamonaviy futbolning yanada rivojlanishi uchun zarur deb hisoblaydi, chunki video takrorlar allaqachon tennis, regbi va kriketning ajralmas qismiga aylangan. Ammo, VAR texnologiyasi hozirda o'yinning suratiga tasir qilishi va hissiyotlarni o'ldirishiga sabab bo'ladi deydigan raqiblariga ega. 

Xo'sh, Premer-ligasi muxlislari bu mavsumda VARdan nimani kutishlari mumkin? Qanday qilib liga kelajakka imkon qadar samarali qadam qo'yishi mumkin? 

Muhim va o'rinli savollarga quyida javob berishga harakat qilamiz. 

Premer-ligadagi VAR qolgan ligalardagi tizimdan nimasi bilan farq qiladi? 

VAR nima uchun ishlatiladi? Birinchidan, aniq xatolar uchun, shuningdek, Varsiz hal etib bo'lmaydigan jiddiy tushunmovchiliklarni aniqlash uchun. Bularni 4 turga bo'lamiz: 

1. Gollar - hujumning turli bosqichlarida qo'pol qoida buzishlar, yon hakam sezmaydigan ofsaydlar, qo'li bilan gol urish va shunga o'xshash vaziyatlar. 

2. Penalti - hakam uni belgilashda to'g'ri qaror qilganmi yoki yo'qligini bilish. 

3. To'g'ridan-to'g'ri ko'rsatiladigan qizil kartochkalar - to'g'ridan-to'g'ri qizilga loyiqmi yoki yo'qmi, hakam futbolchini chetlatish o'rniga unga faqat sariq kartochka berib, o'yinchini ayadimi yoki yo'qligini aniqlash. 

4. Noto'g'ri ko'rsatilgan kartochkalar - hakam o'yinchilarni adashtirib, kartochkani boshqa futbolchiga beradigan lahzalar. Kiran Gibbs bilan bog'liq vaziyatni eslashimiz, bunga misol bo'la oladi.   

 Angliyadagilar o'yinning tez suratlarini saqlashga intilishadi, shuning uchun ular Premer-ligada jahon futbolining qonun chiqaruvchi organi, xalqaro futbol associaciyasi kengashi tomonidan ishlab chiqarilgan VARdan foydalanish protokoliga rioya qilishadi. Texnologiyani qo'llash bo'yicha esa inglizlar o'z talqinlariga egalar. 

Ushbu protokolning maqsadi - hakamning maydondagi etakchiligini saqlab qolish va o'yinga kamroq aralashishga erishish. 

VAR o'yin davomida barcha muhim voqealarni avtomatik ravishda tekshirib boradi, lekin, videoassistentlarning maydondagi hamkasbi ularga nimani ko'rganini va nima uchun bunday qaror qabul qilganini aytib turadi. 

VAR jamoasi o'yinga hakam tomonidan qabul qilingan qarorlar takrorda boshqa versiyani ko'rsatgan taqdirdagina aralashadi.  SHundan so'ng, hakam VAR jamoasining fikriga qo'shilish-qo'shilmaslikni o'ylab ko'radi.  Bunday holat maydondagi monitordan foydalanishni o'z ichiga olishi mumkin. Premer-liga mutasaddilari esa hakam maydonda payqamay qolgan voqealarinigina monitorda ko'rishga ruxsat etadi. 


Ko'rishlar

Ko'rish uchun vaqt (soniya)

Gol

6

83

Penalti

6

85

Qizil kartochka

2

82

Xato

0

-

Umumiy

14

84

 Angliya kubogida VARdan foydalanish jadvali. 

Ofsayd holatida Premer-liga hakamlarga tayyor bo'lishni maslahat beradi, ammo agar ular qaror qilishda shubha qilishsa, unda hujum qilayotgan jamoaga hujumni yakunlashiga yo'l qo'yib berishi kerak. Agar yon hakam vaziyatni noto'g'ri baholasa,  video-yordamchi uning xatosini tuzatadi. 

VARdan foydalanish futbolning oltin qoidalaridan birini o'zgartirmaydi: hushtakkacha o'ynash.  

Agar taym yakunlangan bo'lsa-yu,  lekin qayta ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan munozarali holat kuzatilsa, unda hakamlar taym tugashi haqida hushtak chalmaydilar. Buning o'rniga, munozarali masalani ko'rib chiqish uchun bir marta hushtak chalib, o'yinni to'xtatishadi. 

Bu Germaniyadagi voqeaga o'xshash scenariyni oldini olish uchun mo'ljallangan. Uchrashuvning 44 daqiqasi o'tib borayotganda (hisob 0:0) "Maync" himoyachisi Daniel Brozinski o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib beradi.  To'p Mark-Oliver Kempfning qo'liga tegib, so'ng darvozabonga etib keldi. Hakam  to'p qo'lga tekkanini sezmadi va qoida buzilishini qayd etmadi. Bir daqiqadan so'ng, u birinchi bo'limni yakunladi va jamoalar echinish xonasiga kirib ketishdi. O'sha paytda, video-yordamchi Bibiana SHtaynxaus hakam bilan bog'lanib, Brozinski bilan sodir bo'lgan holatni tekshirish kerakligini aytdi: ehtimol, qo'l  bilan o'ynash holati bor edi.  

Hakam vaziyatni ko'rib chiqadi va penalti belgilaydi. Bu vaqtga kelib jamoalar echinish xonalarida bo'lishgan va qaytib chiqishni istashmagan. Oxir-oqibat ular maydonga tushishdi va "Maync" bu penaltini aniq amalga oshirdi. Keyin hakam tanaffus haqidagi hushtak faqat o'yinni to'xtatishini tushuntirdi, o'yin tugashini emas. Endi o'ylab ko'ramiz, agar bu vaziyat 2-bo'limdan keyin sodir bo'lganida-chi? Unda hech narsani tuzatib bo'lmasdi. 

 APLda bunday bo'lmaydi.  

Premer-liga, vaziyatlarni VARda tomosha qilingach, katta ekranlarda namoyish etuvchi dastlabki musobaqadir, shunda stadiondagi muxlislar ham uyda tomosha qilayotganlar kabi vaziyatdan xabardor bo'lishadi.  Qayta namoyish etish, faqat hakamning dastlabki qarori bekor qilingan taqdirdagina ko'rsatiladi. Bu esa bizni keyingi savolga olib kelmoqda... 

Vaziyat ko'rib chiqilgach, nima o'zgaradi? 

Stadionlardagi katta ekranlarda VARning ko'rish jarayoni to'g'risidagi malumotlar paydo bo'ladi, ammo, ular faqat 18 maydonda mavjud. Masalan, "qizil kartochkani  tekshirish" yozuvi paydo bo'ladi. Qaror bekor qilinganda, lozim topilsa, voqeaning videoyozuvi ko'rsatiladi. Bunday jarayonni Angliya Premer-ligasi dunyoda birinchi bo'lib amalga oshirmoqda. Katta ekranlarga ega bo'lmagan stadionlar "Enfild" va Old Trafford"da malumotlar tablo orqali elon qilinadi. 

Ishqibozlar hakam VARni qanday tomosha qilayotganiga ham guvoh bo'lishadi. 

Yana nima o'zgarishlar? 

O'yinchilar hakamga videoni takroran tomosha qilishni talab qilganliklari uchun jazolanishlari mumkin. Yoki video takror ko'rilayotganda, to'xtatishga harakat qilsalar. 

Monitoring maydoniga kiradigan har qanday tomon(jamoa vakillari)ning texnik xodimlari bu uchun darhol tribunaga kuzatib qo'yiladi va zaxira o'rindig'idagi barcha o'yinchilarga sariq kartochka ko'rsatiladi. 

Klublar VAR qaroriga qarshi shikoyat qilishlari mumkin, ammo bu murojaatlarni yutib chiqish juda qiyin bo'ladi. 

VAR haqidagi qarashlar 

Ko'pchilik, VAR insonlarni hissiyotlardan mahrum qiladi va o'yin suratini o'zgartiradi deya tanqid qiladi.  Masalan, siz urilgan golni darhol nishonlay olmaysiz, chunki u bekor qilinishi mumkin. 

Bundan tashqari, bazi hodisalarda subektivlik saqlanib qoladi. Masalan, ofsayd bor yoki yo'qligini aniqlasa bo'ladi. Biroq, qo'l bilan o'ynalgan holatlarni boshqacha talqin qilishlari mumkin va hech qachon eng to'g'ri qaror qabul qilinavermaydi.  

Bazi qoidabuzarliklar va ko'rsatiladigan kartochkalarni turlicha talqin qilish ham mumkin. Masalan, turli o'yinlarda bir xil turdagi qoidabuzarlik har xil baholanishi mumkin, yoki sariq kartochka yoki qizil. Va buni noto'g'ri deb bo'lmaydi. Oddiy qoidabuzarliklar ham xuddi shunday, chunki maydon markazidagi qo'pollik bilan jarima maydonchasi ichidagi qo'pollik ikki xil baholanadi. 

Premer-liga bunday subektiv qarorlarning 100% aniqlikka erishishga imkon bermasligini tan oladi. 

VARni ikki yil davomida kuzatganlarimizdan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, bu yondashuv  Premer-liga yangi texnologiyani samarali joriy qilish uchun to'g'ri poziciyada ekanligini ko'rsatadi va futbol jamoatchiligi ushbu yondashuvni hurmat qiladi.   

SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика