So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  0 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  48 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

APL. MYUdan kichik g'alaba, Varandan assist, Grinvuddan gol, De Xea qahramon! Yangiliklar

APL. MYUdan kichik g'alaba, Varandan assist, Grinvuddan gol, De Xea qahramon!

APLning 3-turi doirasidagi "Vulverxempton" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Vulverxempton" – "Manchester Yunayted" 0:1

Gol: Grinvud (80, 0:1).

"Vulverxempton" – Joze Sa, Semedu, Koudi (Gibbs-Uayt, 87), Saiss, Kilmen, Marsal, Moutinyu, Ruben Nevesh, Ximenes, Traore (Fabiu Silva, 87), Trinkau (Podense, 70).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, SHou, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Sancho (Marsyal, 72), Jeyms (Kavani, 53), Grinvud (Dalot, 89).

Ogohlantirish: Brunu Fernandesh (44), Ruben Nevesh (81), Saiss (84), Fred (84), Gibbs-Uayt (90+2), Pogba (90+3).

Wolverhampton Wanderers

Premier League . 3-tur

29/08/2021, 21:30

1
:
0
Tugadi

Manchester United

Mason Greenwood - 80'

Stadion: Molineux Stadium, 30621 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
70'  Trincao (Daniel Podence)
81'  Ruben Neves
84'  Romain Saiss
87'  Conor Coady (Morgan Gibbs-White)
87'  Adama Traore (Fabio Silva)
90'  Morgan Gibbs-White
44'  Bruno Fernandes
53'  Daniel James (Edinson Cavani)
72'  Jadon Sancho (Anthony Martial)
80'  Mason Greenwood
80'  Raphael Varane
84'  Fred
90'  Mason Greenwood (Diogo Dalot)
90'  Paul Pogba
90'  Diogo Dalot

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Vulverxempton" mavsumdagi uchinchi o'yinida ham 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. MYU esa hisobidagi ochkolari sonini 7taga etkazib oldi.

90+2. Negadir "Vulverxempton"da ishtiyoq so'ngandek. Ammo hali ham kech emas. 

5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Marsyalga qarshi fol ishlatildi. MYUda standart.

87. Mezbonlar bir yo'la ikki o'zgarishni amalga oshirdi. Laje endi nima qilib bo'lsa-da, o'yinni qutqarib qolishni o'ylamoqda.

84. Fred sariq kartochka oldi. Umuman olganda u bugun yaxshi o'yin o'tkazdi.

80. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!! GRINVUUUUUUDDDDD!! Uning kuchli zarbasi Saning qo'liga tegib, darvozaga kirib ketdi.

79. Fernandesh aqlli pasi orqali Kavani raqib posboni bilan birga bir holatga chiqarib yuborishni o'ylagandi. Sa o'z joyini tark etib, to'pni jamoadoshlariga olib berdi.

75. ZARBAAAAAA!! Pogbaning zarbasini Sa burchakka chiqarib yubordi.

72. Sancho o'rniga Marsyal maydonga tushdi.

70. ZARBAAAAAA!! Neveshning chiroyli zarbasini De Xea ushlab oldi!

69. DE XEEEEEAAAAAAA!!!! SHunchaki SUPER!!! Ikki daxshatli seyv!!!

67. To'p almashtirildi. MYU burchak zarbasidan hech nima chiqara olmadi. 

64. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Grinvud to'pni ochiqchasiga qizg'andi va ajoyib imkoniyatni qo'ldan chiqardi.

63. ZARBAAAAA!! Traorening oshirgan to'pini Trinkau kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo'yishi kerak edi. Ammo portugaliyalik futbolchi to'pga moslasha olmadi.

58. ZARBAAAAA!! MYUda nihoyat ilk aniq zarba. Fredning kuchli zarbasini Joze Sa ikki urinishda ushlab oldi.

53. MYU muxlislari kutgan Kavani maydonga tushdi.

51. Xavfli vaziyat! Trinkau MYU himoyachisidan osonlik bilan o'tib ketdi. Varan uni to'xtatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45. ZARBAAAAAAAA!! Fernandeshning ajoyib pasidan keyin Grinvud darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

44. Varan raqibiga qarshi fol ishlatgani uchun o'yin to'xtatildi.

42. Neveshning zarbasi esa noaniq ketdi.

40. Traorening zarbasini Maguayr qaytardi.

38. UXXXX!! Fernandesh gol urgandi! Ammo offsayd sabab gol inobatga olinmadi.

36. "Vulverxempton" taymni to'liq tashabbus bilan o'tkazmoqda. "Yunayted" esa o'ziga o'xshamayapti.

29. "Yunayted" burchak zarbasidan unum chiqara olmadi. Ikkinchi tempda SHouning oshirgan to'pini Joze Sa ushlab oldi.

26. ZARBAAAAAA!!! Saissning chalqancha uslubda yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Bu pallada offsayd ham qayd etilgandi.

23. "Bo'rilar" yana bir vaziyat yaratdi. Neveshning oshirgan to'pini Koudi boshi bilan darvoza tomon yo'llashga harakat qildi. Zarba o'xshamadi.

20. Trinkau katta tezlik bilan hujumga o'tayotgandi. Uni SHou qo'pollik bilan to'xtatdi.

17. "Yunayted"ni nihoyat hujumda ko'rgandik. Ammo Sancho offsaydda qolib ketdi.

13. ZARBAAAAAA!!! SHouning xatosidan keyin Nevesh MYU darvozasini nishonga oldi. Noaniq.

11. XAVFLI VAZIYATTTT!! Jeymsning zarbasini Grinvud darvozaga to'g'rilab qo'yishi mumkin edi...

8. Adama Traore ikki raqibini aldab o'tib, darvozani nishonga oldi. De Xea o'z joyida.

7. Fernandeshning zarbasi noaniq ketdi.

6. DAXSHAAAAATTTT!!!! Fredning xatosidan keyin Ximenes Pogbani va de Xeani ortda qoldirib, zarba berdi. Van-Bissaka darvoza chizig'i ustidan to'pni qaytardi!

3. ZARBAAAAAA!! "Vulvz" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Traorening pasidan keyin Ximenesning zarbasini de Xea chap oyog'i bilan qaytardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Moline" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionga "Manchester Yunayted" safar uyushtirmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика