So’nggi yangiliklar

09:11"Арсенал" ПСЖ юлдузига қизиқмоқда  0 08:40"Манчестер Сити"нинг "Арсенал"га қарши финал учрашуви учун тахминий таркиби маълум   4 08:06Англия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун уй-меҳмонлар либослари тақдим этилди  1 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун мусобақанинг саралаш босқичига старт берилади  0 03:10АПЛ. "Лидс" кетма-кет тўртинчи ўйинида гол ура олмади. Кейинги ўйин МЮ билан  0 03:03Франция. ПСЖ осон ғалабага эришди  0 02:41А Серия. Сўнгги дақиқаларда пенальтидан гол ура олмаган "Ювентус" очко йўқотди  7 01:50Чемпионлик учун имкониятлар тугади: "Челси" бир қанча ёмон натижалар қайд этди  3 01:32Лиам Росеньор: "Челси" жуда осон голларни ўтказиб юборяпти"  4 01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  3 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  1 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  18 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  4 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  9 22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  2

APL. "Manchester Siti" Londonda "Vest Xem" bilan durang o'ynab, "Arsenal"ning chempionligi uchun yaxshi imkoniyat yaratdi Yangiliklar

APL. "Manchester Siti" Londonda "Vest Xem" bilan durang o'ynab, "Arsenal"ning chempionligi uchun yaxshi imkoniyat yaratdi

APL 30-tur doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

APL. "Vest Xem" — "Manchester Siti" 1:1

Gollar: 31 - Bernardu Silva, 35 - Konstantinos Mavropanos

"Vest Xem": 1. Mads Xermansen, 29. Aaron Van-Bissaka, 25. Jan-Kler Todibo, 4. Aksel Disasi, 15. Konstantinos Mavropanos, 12. El-Xaji Malik Diuf, 18. Mateush Fernandesh, 28. Tomash Souchek, 20. Jarrod Bouen (55. Moxamadu Kante, 90+6), 11. Valentin Kastelyanos (17. Adama Traore, 74'), 19. Pablo (27. Sungutu Magassa, 64').

Zaxira: 23. Alfons Areola, 2. Kayl Uolker-Piters, 3. Maks Kilman, 63. Ezra Mayers, 32. Freddi Potts, 9. Kallum Uilson.

"Manchester Siti": 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunes, 21. Rayan Ait-Nuri (11. Jeremi Doku, 60'), 15. Mark Gexi, 33. Niko O'Rayli, 45. Abduqodir Husanov, 20. Bernardu Silva (4. Teyani Reynders, 75'), 16. Rodri, 42. Antuan Semeno (47. Fil Foden, 74'), 7. Omar Marmush (10. Rayan Sherki, 60'), 9. Erling Holand.

Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 3. Ruben Diash, 6. Natan Ake, 8. Mateo Kovachich, 14. Niko Gonsales.

Ogohlantirishlar: 11 - Omar Marmush, 37 - Bernardu Silva, 76 - Sungutu Magassa, 89 - Mateush Fernandesh


90+7. O'yin yakunlandi.

90+5. Gexi darvozaga chamasi 3-4 metr masofadan zarba berdi, ammo u tepgan to'p noaniq bo'ldi...

90+1. Holandning kuchli zarbasidan keyin Mavropanos to'pni qaytardi, hakam o'yinni to'xtatib, tibbiy yordam uchun Konstantinosga jamoadoshlarini chaqirdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Burchak zarbasidan uzatilgan to'pni bir necha futbolchi darvozaga yo'lladi, Xermansen esa ushlab oldi.

88. Yaxshi imkoniyat Holandda, biroq uning zarbasini darvozabon ushladi! 

83. Reyndersning jarima zarbasidan tepgan to'pi Xermansenga va darvoza to'siniga tegib, maydondan chiqib ketdi...

78. Sherkining erlatib tepgan to'pini Mads ushlab oldi!

77. Burchak zarbalari bo'yicha statistika - 1 - 11.

76. Endi maydon egalari faollashdi.

70. Doku to'pni markazga - Holandga uzatdi, norvegiyalik futbolchining darvoza tomon tepgan to'pi aniq bo'lmadi.

67. Yana bir xavfli vaziyat, bu safar zarba Nunesdan bo'ldi, darvozabondan yana bir seyv!

66. Dokudan zarba, uning tepgan to'pi anchagina noaniq.

63. Abduqodir Husanovning darvoza tomon bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

63. Sherkining zarbasi rekoshetga uchragani bois aniq bo'lmadi.

61. Holanddan yaxshi zarba! Erlatib tepilgan to'pni Xermansen qaytardi!

60. Bugun "Man Siti" ustozi tribunadan kuzatmoqda o'yinni. U yordamchisi bilan telefon muloqot orqali o'yinni boshqarib bormoqda. 

55. Semeno jarima maydonchasiga kirib, to'pni markazga yo'naltirdi, darvozabon uni ushlab oldi.

48. Marmush darvoza tomon to'pni yo'lladi, biroq bu uzatmamidi yoki zarba - tushunib bo'lmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Ayni shu vaqtda birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Nunesning zarbasi darvoza ustuni ustidan o'tib ketdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Semenodan xavfli zarba, ammo noaniq bo'ldi.

39. Ha, ikkita gol ko'rdik. Biroq negadir shiddat yo'qdek o'yinda. Uzatmalar, harakatlar tezroq, ammo to'p asosan maydon markazida.

36. Qoyil mezbonlarga. Goldan so'ng oldinga o'tishdi va maqsadlariga erishishdi. "Siti" ko'p ham xursand bo'lishga ulgurmadi.

35. GOL! "Vest Xem" hisobni darhol tenglashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pga chiqishda Donnarumma xatoga yo'l qo'ydi, biroq to'p undan o'tib, Mavropanosga keldi va u gol urdi!

32. Xo'sh, endi o'yin qizib qolsa kerak-a? "Siti"ning ishtahasi ochilib, maydon egalarining jahli chiqib...

31. GOL! Bernardu Silva hisobni ochdi! Portugaliyalik futbolchi chap qanotdan jarima maydonchasiga biroz kirib uzatma shakliga o'xshash zarba berdi, to'p esa darvozabonning ustidan o'tib, to'rdan joy oldi.

30. Yarim soat o'tdi, ammo darvozalar tomon birorta ham aniq zarba berilmadi. Malumot uchun, maydonda chempionlikka va Chempionshipgatushib ketmaslikka harakat qilayotgan jamoalar o'ynamoqda.

22. Marmushning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

18. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda. O'tgan vaqt mobaynida darvozabonlar ko'p ovora bo'lishmadi.

10. To'p nazorati to'liq "Siti"da. Jamoa hujumga o'tishga intilmoqda, ammo hozircha ular xavfli tus olmayapti.

4. Ilk daqiqalarda "shaharliklar" faol. Ular hafta o'rtasidagi alamli mag'lubiyatdan keyin muxlislarini xursand etmasa bo'lmaydi.

1. O'yin boshlandi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 30-tur doirasidagi "Vest Xem" — "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

Reyting: +7   

Fikrlar

+2   
15 mar 02:16:16
Bilal Tebo
De bruyneni qadri juda bilinyapti
+1   
15 mar 04:50:50
barselona7
Сити ва Гвардиола бир биридан зерикибди.
+1   
15 mar 04:04:18
Shuxrat Xalbayev
Ux Arsenal kotta kubuklarni yutmay yutmay bittada trebl qivorishiyam mn ekan Aplda chempionlik kurashi tugadiyov endi Rasman deyish qoldi va shunday bolishi juda yaqin.
+1   
15 mar 03:24:04
Amirjon Azimkulov
Abduqodir eng past bal olipti uyinni kurganim yuq qupol xato qildimi
+1   
15 mar 03:18:05
Goldberg
my engilish foydalanuvchining fikriga javob berish
Кубок на хуй керак 2 даражали
2 даражали бусаям зато кубок
+1   
15 mar 03:10:04
Goldberg
Ситида 15та угловой 0та гол, вестхэмда 1та угловой 1та гол. Чемпионлик ухлади. ЧЛ хам деярли ухлади. Энди факат арсенал бн кубокдаги финал бн ливерпуль бн чорак финал уйинидан умид колди кубок ютишига. Хусанов битта кубок бусаям ютса яхши буларди.
+1   
15 mar 02:13:54
Sahoyat Reise
Ситини ўйинини умуман тушуниб бўлмайди: кескин пас беришлар йўқ, ўн олтини ичига киришни бекитиб қўйса, умуман креативлик, вариантлар йўқ. Ўйин жуда ланж, мотивацияси йўқ
   
15 mar 06:04:00
Музаффар Махмудов
Арсенал хакикаттан кучли.
   
15 mar 04:07:26
Memphis_7
Musr
   
15 mar 04:05:34
my engilish
Shuxrat Xalbayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ux Arsenal kotta kubuklarni yutmay yutmay bittada trebl qivorishiyam mn ekan Aplda chempionlik kurashi tugadiyov endi Rasman deyish qoldi va shunday bolishi juda yaqin.
Тугри
   
15 mar 04:05:03
my engilish
Goldberg foydalanuvchining fikriga javob berish
2 даражали бусаям зато кубок
1 тийинга киммат кубок заменадагилар ютадиган 2 даражали кубок
   
15 mar 04:03:31
my engilish
Amirjon Azimkulov foydalanuvchining fikriga javob berish
Abduqodir eng past bal olipti uyinni kurganim yuq qupol xato qildimi
Кунинг айби билан угловой булувди
   
15 mar 03:13:27
my engilish
Goldberg foydalanuvchining fikriga javob berish
Ситида 15та угловой 0та гол, вестхэмда 1та угловой 1та гол. Чемпионлик ухлади. ЧЛ хам деярли ухлади. Энди факат арсенал бн кубокдаги финал бн ливерпуль бн чорак финал уйинидан умид колди кубок ютишига. Хусанов битта кубок бусаям ютса яхши буларди.
Кубок на хуй керак 2 даражали
   
15 mar 02:57:12
my engilish
2025 2026 йил мавсум кутига тикди сити
   
15 mar 02:50:22
my engilish
Арсенал чемпион
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика