So’nggi yangiliklar

13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  18

APL. "CHelsi" 0:3ni 3:3ga aylantira oldi Yangiliklar

APL. "CHelsi" 0:3ni 3:3ga aylantira oldi

Angliya chempionati 3-turidan o'rin olgan “Xotorns” stadionidagi bahsning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Vest Bromvich – CHelsi 3:3

21.30, «Xotorns»

Gol: Robinson (4, 25), Bartli (28), Maunt (55), Abraxam (70, 90+3).

Vest Bromvich – Jonston, Bartli, O`SHi, Ajayi, Ferlong, Livermor, Diangana, Mateus Pereyra, Soyers, Robinson (Robson-Kanu, 66), Taunsend.

CHelsi – Kabalero, Alonso (Aspilikueta, 46), Kristensen, Tiago Silva, Jeyms, Maunt, Kante, Xavertc, Kovachich (Xadson-Odoi, 46), Verner, Abraxam.

Ogohlantirish: Alonso (8), Jeyms (27).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!! Osongina taslim bo'lmagani uchun "CHelsi"ga rahmat aytamiz. APLdagi yana bir ajoyib o'yin yakunlandi.

90+3. GGGGGGOOOOOLLLLLLLLL!!! ABRAXAMMM!! Hisob tenglashdi!! Barakalla "CHelsi"! Endi g'alaba uchun harakat boshlandi! Ie, bu erda gol inobatga olinmasligi kerak edi. Xaverc to'pni qo'li bilan o'ynagandi. Ha, mayli. Hechqisi yo'q. Yoshlar shuncha harakati mevasini tatishmoqda.

90+2. ZARBAAAAAA!! Vernerning kuchli zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. XAVERCCCC!!! Qutqarishi mumkin edi. To'pni to'xtatdi, biroq himoyachidan o'tkaza olmadi. O'tganida 100 foizlik vaziyat bo'lardi.

87. Raqibini "chopgani" uchun Kristensen ogohlantirildi.

84. Borgan sari vaqt kam qolmoqda. "Vest Brom" esa o'yinni darvozasi yonidan markazga ko'chirdi va hujumlarga o'tmoqda.

82. "Vest Brom" futbolchilari vaqtni cho'zishga harakat qilmoqda.

79. "Vest Brom" qulay vaziyatga ega chiqqandi. Zarbani himoyachilar qaytarishdi. Bugun Kabalero seyv qilganicha yo'q.  SHu sababli himoyachilar to'pni o'tkazmaslikka harakat qilmoqda.

77. Aspilikueta juda oxista zarba berdi. Man ham ushlavolardim bu to'pni)

75. SOYEEERRSSSS!!! Sal qoldi. 4:2dan keyin "CHelsi" shokka tushib qolishi hech gap emasdi.

73. Lempard katta tavakkalga qo'l urdi. Tyago Silva o'rniga Olive Jiru maydonga tushdi.

70. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! Xavercning chiroyli pasidan keyin Abraxam hisobni qisqartirdi. Barchasi ideal. Davom etamiz. 3:2!

68. "CHelsi" xavfli vaziyat yaratayotgan paytda Aspilikueta qoidani buzdi. To'p "Vest Brom"ga olib berildi.

63. Yo'q, "podacha" yana o'xshamadi. Bugun Ris Jeyms burchak zarbasidan to'pni oshirishda no'noqlikka yo'l qo'ymoqda.

62. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'lmoqda.

60. 30 daqiqa qoldi. "CHelsi" ustunlik qilmoqda. Demak, kambekka harakat qilsa bo'ladi. Xar holda vaqt etarlicha.

55. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! MAUUUNTTTTT!!! Odamni baqirtirib yuboradigan darajada chiroyli gol urdi u. Ajoyib! "CHelsi" qaytmoqda.

53. "CHelsi" burchak zarbasidan keyin yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. Bosh bilan berilgan zarba o'xshamadi.

50. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Biroq Jeymsning oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Lempard ikkinchi bo'limni o'zgarishlar bilan boshlamoqda. Ko'ramiz, "perestroyka" qanday kecharkin?!

- Demak, jamoalar ikkinchi bo'limni boshlash uchun maydonga qaytishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 3:0.

44. Diangana qulay nuqtadan zarba berdi. noaniq.

42. "CHelsi" yaxshi nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritgandi. Alonsoning zarbasi jonli devordan o'tmadi.

40. Abraxam yana bir vaziyatni yo'qqa chiqardi. Jeymsning oshirgan to'pini Abraxam yaqin masofadan darvozaga aniq yo'llay olmadi.

36. Ris Jeyms qanotdan kutilmaganda darvoza tomon zarba berdi. Sem Jonston to'pni burchakka chiqarib yubordi.

34. Mauntning zarbasi raqibiga tekkan holda burchakka chiqib ketdi.

32. "Vest Brom" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Oshirilgan to'pni Silva qaytarib yubordi.

30. Xabib va Konor o'rtasidagi jang yodimga tushib ketdi.

28. GOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Nimalar bo'lyapti!!!! 3:0!! Bartli osonlik bilan gol urdi!!! "CHelsi"ning libosidagi 3 raqami "Vest Brom" uchun xizmat qilyapti.

27. Ris Jeyms ogohlantirildi.

25. What a debut! Tyago Silva to'pni oldirib qo'ydi va Robinson dublini rasmiylashtirdi!


23. "CHelsi"da yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Qanotdan uzatilgan to'pni Verner darvoza tomon yo'lladi. Jonston o'z o'rnida.

21. "CHelsi"da yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Ris Jeymsning pasini Maunt darvozaga yo'llashda biroz qiynaldi. Jonston to'pni ushlab oldi.

17. Verner hujumga o'tdi, biroq to'p uning o'ziga tegib, maydonni tark etdi.

15. VERNEEEEEERRRR!!! Mauntning chiroyli pasini Timo darvozaga joylay olmadi. Gol ura olmaslik qiyin edi bu nuqtadan.

12. ZARBAAAAAAAAAA!! Qanotdan oshirilgan to'pni Abraham 2 metrdan darvozaga kirita olmadi.

10. ZARBAAAAAAAAA!! Mauntning kuchli zarbasini Sem Jonston qaytardi!

7. Yo'q, uning zarbasini jonli devor qaytardi.

6. "CHelsi" standart vaziyatga ega bo'lmoqda. To'p yonida Maunt. 

4. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!!! Robinssonnnnnnn!! 18 metrlardan kuchli zarba bergan Robinsonning zarbasini Kabalero qaytara olmadi! CHiroyli gol!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! 

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Hurmatli futbol muxlislari, etiboringizni "Xotorns" stadioniga tortamiz. Bugun ushbu stadionda "CHelsi" "Vest Bromvich"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvni sizlar bilan birgalikda Mirjalol Normatov kuzatib boradi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика