APL. Uch forvard to'purarlar ro'yxatida etakchi
22 apr 2019 14:15
Yangiliklar


APL. Uch forvard to'purarlar ro'yxatida etakchi
20 va 21 aprel kunlari Angliya Premer-ligasining 35-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Bu turda APL to'purari bo'lish uchun kurashayotgan etakchilar gol ura olishmadi. Birdaniga uch futbolchi 19ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida etakchilik qilmoqda.
APL to'purarlari
1.Per-Emerik Obameyyang ("Arsenal") - 19ta gol
1.Muhammad Saloh ("Liverpul") - 19
1.Serxio Aguero ("Manchester Siti") - 19
4.Sadio Mane ("Liverpul") - 18
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" joriy mavsum APLda yana 3ta o'yin o'tkazadi, to'purarlik uchun davogarlik qilayotgan qolgan futbolchilarning klublarida 4tadan uchrashuv bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar