So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  8 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

APL TVdan tushgan daromadlarni ko'rsatdi: Bu jadvalda PSJ va "Yuventus" "Brayton"dan pastda bo'lardi Yangiliklar

APL TVdan tushgan daromadlarni ko'rsatdi: Bu jadvalda PSJ va "Yuventus" "Brayton"dan pastda bo'lardi

Nega Angliya Premer-ligasi teleshartnomasidagi narx doimo o'sishini tushuntiramiz.

Payshanba kuni APL ingliz klublari 2018/19 mavsumda televideniyadan qancha daromad olgani haqida malumot taqdim etdi. "Manchester Siti" chempion bo'lganiga qaramasdan TV-daromad bo'yicha birinchi o'rinni "Liverpul" egalladi. CHempionatning 20ta vakilidan 19tasi 100 mln. funtdan ko'proq daromad topdi.


Nega chempion bo'lmagan "Liverpul" "Manchester Siti"dan yuqorida?

Keling pullar qanday taqsimlanishi haqida tushunchaga ega bo'lib olamiz.

1. Ichki televizion foydaning (Buyuk Britaniyadagi translyaciyalar) 50% 20ta jamoaga teng bo'lib beriladi.

2. Ichki televizion foydaning 25% jamoalarning jadvaldagi o'rniga qarab taqsimlanadi. So'nggi o'rinni egallagan klub ("Xaddersfild") 1,9 mln. funt oladi, undan tepada bo'lgan har bir o'rin egasiga 1,9 mln. funtdan qo'shilib boradi. CHempion bo'lgan "Siti" bu ko'rsatkich bo'yicha 38 mln. funtdan ko'proq daromad oldi.

3. Buyuk Britaniyadagi telehuquqlardan tushgan so'nggi 25% mablag' jonli efirda ko'rsatilgan o'yinlar soni bo'yicha bo'linadi. Har bir klubga 10ta shunday efir kafolatlangan. 10ta bahs uchun 12,199 mln. funt to'lanadi. Bu ko'rsatkichdan keyingi har bir uchrashuv uchun 1,119 mln. funtdan to'lab boriladi.

4. APL telehuquqlari chet mamlakatga sotilishi va reklamalardan tushgan barcha mablag' teng taqsimlanadi.


Endi "Liverpul"ga qaytamiz. Yurgen Klopp jamoasining o'yinlari jonli efirda ko'proq namoyish etilgani uchun "qizillar" "Siti"dan 1,5 mln. funt ko'p pul ishlashdi. Yakunlangan mavsumda "Liverpul"ning 29ta, "Manchester Siti"ning esa 26ta uchrashuvi jonli efirda namoyish etildi ("Manchester Yunayted"da 27ta).

1 va 4-band bo'yicha klublar qanchadan daromad olishdi.

Ichki TV bozoridagi daromaddan har bir klubga 34,4 mln. funt to'landi. Tashqi TV bozordagi tushgan daromaddan klublar 43,2 mln. funt foyda olishdi. Reklamadan olingan daromad klublarga 4,96 mln. funtdan bo'lib berildi.


Pullardagi farq faqat jonli efir ("Liverpul" - 33,46 mln. funt, "Siti" - 30,1 mln. funt) va turnir jadvalidagi o'rnida ("Liverpul" - 36,45 mln. funt, "Siti" - 38,37 mln. funt).


Ko'pchilikning aytishicha, APL TV-shartnomadan eng ko'p pul topadigan chempionat ekan. Evropaning boshqa ligalarichi?

Eng qizig'i mana shu. Evropaning qolgan TOP-4 liga daromadlarini APL klublarinikiga solishtiramiz.


Hamma ligalar APL kabi shaffof emas, ammo etakchi jamoalarning raqamlarini topish mumkin. PSJ va "Yuventus" daromadlari haqida o'zi hisobot beradi. "Bavariya"nikini esa mashhur Kicker jurnali orqali topish mumkin. Ispaniyada esa raqamlar 2019 yilning yanvarida elon qilindi. Muhim eslatma: Ispaniya, Italiya, Germaniya va Franciyaning barcha malumotlari 2017/18 mavsumdan olingan, ammo taqdim etiladigan raqamlar joriy mavsumdagidan biroz farq qilishi mumkin.


Demak, "Barselona" va "Real" teledaromad bo'yicha APL jadvalida 7 va 8-o'rinlarni, "Yuventus" 18-o'rinni, "Bavariya" va PSJ esa APLning eng oxirgi jamoasidan ham pastroq o'rinni egallagan bo'lardi.


Bu qachondir yakunlanadimi? CHunki bazilarning aytishicha, APL teleshartnomasi - yorilishi kutilayotgan pufak


APLning Buyuk Britaniya ichidagi shartnomasi (2019-2022) 5,4 mlrd. funtdan 5 mlrd. funtga tushdi. Ammo tashqi bozor tufayli hech qanday pasayish kuzatilmadi. O'rtamiyona jamoalarning yulduzlarni xarid qilishi, eng kuchli murabbiylar APL jamoalariga o'tishi va agressiv markenting (birinchi navbatda Osiyoda) - APL daromadlari 30%ga oshishiga olib keldi: yakunlanayotgan chet el shartnomasi 3,1-3,3 mlrd. funt orasida edi, yangisi esa 4,2 mlrd. funtga tuzildi. CHet el telekompaniyalari tufayli 2019-2022 yillar uchun TV-shartnoma summasi (Buyuk Britaniya + jahon) 8%ga oshdi.


CHet mamlakatdagi translyaciyalar hozirgi kunda katta ahamiyatga ega bo'lib qoldi. Tashqi bozordan tushadigan pullar telehuquqlardan keladigan mablag'ning 46%ni tashkil qiladi. 2016-2019 yillarda bu raqam 39% edi. 2001-2004 yilda esa 11%. O'sishni juda katta.


Tashqi bozor bo'yicha hech bir Evropa ligasi APLga yaqin kela olmaydi: KPMG hisobotiga ko'ra, LaLiga Ispaniya tashqarisida yiliga 600 mln. funtdan ko'proq oladi, bu esa APLning hozirgi shartnomasining yarmi.


Enders Analysis kompaniyasi vakili Kler Enders "Financial Times"ning Londondagi konfereciyasida klublarni ehtiyotkorlikka chaqirdi: Tahlilchilar prognoziga ko'ra, APLning keyingi ichki shartnomasidagi narx yana 20%ga pasayadi, shu sababli futbolchilarga to'lanadigan maosh jadvalini nazorat qilish kerak. Bu birinchi navbatda o'rtamiyona jamoalarga tegishli. CHunki APLning top-klublari maoshlar uchun byudjetning 59%ni sarflaydi, bir daraja past klublar esa 70%dan ko'proq (UEFA bu ko'rsatkichni 70%dan oshirishni maslahat bermaydi).


Aytgancha, APLning tashqi bozori tufayli menejerlar janjal ko'tarishdi. Top-6 klublar ("Siti", MYU, "Liverpul", "CHelsi", "Arsenal" va "Tottenxem")ning fikricha, tashqi bozordan tushadigan pullarni teng bo'lish adolatsizlik. CHunki Yaponiya "Xaddersfild" yoki "Sautgempton" emas balki eng kuchli klublarning o'yinini ko'rish uchun APL translyaciyasini sotib oladi, demak, top-klublar ko'proq daromad olishi lozim. SHartnomada bunday band bo'lishi uchun APL klublarining roziligi kerak, ammo 6ta jamoaning ovozi kamlik qildi.

SHunga qaramasdan bitimga o'zgartirish kiritildi. 2019/20 mavsumdan boshlab klublar 3,3 mlrd. funtni teng bo'lib oladi, qolgani esa turnir jadvalidagi o'rniga qarab taqsimlanadi.

SHu sababli yangi mavsumda top-6 va liganing qolgan jamoalari o'rtasidagi farq kattaroq bo'ladi: Agar bungacha APLning 1-jamoasi 20-o'rindagidan 1,6 baravar ko'p daromad olgan bo'lsa, endi bu ko'rsatkich 1,8 baravarga etadi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика