So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

APL. Mourinyu boshchiligidagi "Tottenxem" Anchelottining "Everton"iga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

APL. Mourinyu boshchiligidagi "Tottenxem" Anchelottining "Everton"iga imkoniyatni boy berdi

Mazkur sahifada Angliya chempionati ilk turi doirasida “Tottenxem Xotspur” stadionida o'tkaziladigan uchrashuv matnli translyaciya qilindi.

Tottenxem – Everton 0:1

13 sentyabr, 20.30, «Tottenxem Xotspur Stedium»

Gol:

0:1 – 55 Kelvert-Lyuin.

Tottenxem – Loris, Alderveyreld, Doerti (Ndombele, 76), Devis, Dayer, Lukas Moura, Xeyberg, Uinks (Bergveyn, 60), Alli (Sissoko, 46), Son Xyn Min, Keyn.

Everton – Pikford, Kin, Koulmen, Din, Mina, Xames (Devis, 90), Andre Gomesh (Sigurdsson, 68), Dukure, Allan, Kelvert-Lyuin (Kin, 89), Risharlison.

Ogohlantirish:

Xeyberg (85).

Musobaqa jadvali

To'p o'yinga kiritilishi bilan o'yin nihoyasiga etdi. "Everton" muxlislarini qimmatli g'alaba bilan tabriklaymiz!

90+4. "Everton" maydon markazida jarima zarbasi ishlab oldi.

O'yin yakunida mehmonlar faqat himoyalanishmoqda. "Tottenxem" 1 ochko uchun harakatda.

90+2. O'zgarish: Bugun ajoyib o'yin o'tkazgan Xames Rodriges o'rniga Tom Deyvis maydonga tushdi.

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Devis jarima maydonchasi ichidagi Son Xyon Minga to'pni uzatdi. "Everton" safiga "Napoli"dan kelib qo'shilgan Allan koreyalik vingerni zararsizlantirdi.

89. Hozircha uchrashuvda yagona bo'lib turgan gol muallifi Kelvert-Lyuin o'rniga italiyalik Moyzen Kin maydonga tushdi.

88. Xames bugun mazza qilyapti. Xavbek yana bir bor to'p bilan ajoyib harakatni amalga oshirdi.

85. Martin Atkinson Xeybergni sariq kartochka bilan jazoladi. Aynan u Risharlisonga nisbatan qo'pol o'ynagan edi.

Uxxx! Maydon markazida Risharlison va Xeyberg o'rtasila tshqnashuv yuzaga keldi. Har ikki futbolchi maydonda yotibdi.

84. Ndombele to'pni yo'qotdi. "Everton" azolari Kelvert-Lyuinga to'pni uzatishdi, uning zarbasi kuchli edi, ammo Loris turgan nuqtaga bordi.

81. Devis o'z qanotidan jarima maydonchasiga uzatmani amalga oshirdi. Ammo bugun Mersisayd klubi himoyachilari Keynga imkoniyat qoldirishmayapti.

78. Son to'pni burchakdan o'yinga kiritib berdi, Keynning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

75. "Tottenxem"ning yangi azosi Mett Doerti o'z o'rnini Tanguy Ndombelega bo'shatib berdi.

74. SHeymus Koulmenning zarbasi Lorisga muammo tug'dirmadi. O'yin davom etadi.

72. Maydon markazida turgan Xames navbatdagi bor Risharlisonni zargarona uzatma bilan taminladi, braziliyalik futbolchining zarbasi yana noaniq.

70. "Real"da qadr topmagan Xamesning transferi "Everton" uchun juda foydali bo'lgan ko'rinadi. "Irislar"ning o'yinini aynan Rodriges boshqarmoqda.

69. CHap qanotda to'pni qabul qilib olgan Risharlison Sissokoni ortda qoldirib darvoza tomon zarba berdi, noaniq.

68. Portugaliyalik Andre Gomesh o'z o'rnini islandiyalik Sigurdssonga bo'shatib berdi. 

64. Xames Kelvert-Lyuinga uzatma amalga oshirdi. "Tottenxem" himoyachilari aldab ko'rmoqchi bo'lgan forvard muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

63. Statistika: "Tottenxem" 5:10 "Everton" (Umumiy zarbalar)

"Tottenxem" 3:2 "Everton" (Aniq zarbalar)

60. Mourinyu vaziyatni o'nglash uchun ikkinchi o'zgarishni amalga oshirdi: Uinks o'rnini Bergveyn egallaydi.

55. Gollllllll! Nihoyat, uchrashuvda hisb ochildi. Lyuka Din jarimadan oshirgan to'pni Domenik Kelvert-Lyuin boshi bilan darvozaga yo'lla hisobni ochdi - 0:1!

53. "Tottenxem" futbolchisining xatosidan so'ng to'pni egallab olgan Gomesh zarba berdi. Andre tepgan to'p Alderveyreldga tegib maydonni tark etdi.

52. Xames jarima maydonchasi ichiga yuqorilatib oshirgan to'pga Risharlison zarba berdi, yana noaniq.

51. Domenik Kelvert-Lyuin jarima maydonchasi marakaziga tashlab bergan to'pga Xames zarba berdi. Kolumbiyalikning navatdagi zarbasi ham muvaffaqiyasiz chiqib noaniq ko'rinish oldi.

49. To'p o'yinga kiritildi. Hozirgina o'yinga qo'shilgan Mussa Sissoko to'pni qo'li bilan o'ynagani tufayli Atkinson hushtak chalishga majbur bo'ldi.

47. Mezbonlarda standart, Son to'pni burchakdan o'yinga kiritadi.

"Tottenxem"da o'zgarish: Xeyberg o'rnini Sissoko egalladi.

46. Martin Atkinsonning hushtagi bilan ikkinchi bo'lim start oldi!

Birinchi bo'limga hech qancha vaqt qo'shib berilmadi! Tanaffus. Dastlabki taymning qahramoni Pikford bo'lsa, antiqahramon sifatida bo'sh darvozani ishg'ol qilolmagan Risharlisonni ko'rsatish mumkin.

42. Doerti! Himoyachi o'o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi. Pikford bilan yuzma-yuz qolgan fulbek darvozaga zarba berdi, ingliz posboni navbatdagi bor jamoasining joniga oro kirmoqda!

41. Ayni paytda Moourinyu yon daftarchasiga bir nimalarni yozib o'tiribdi. Portugaliyalik mutaxassisning yuzida tabassum yo'q. Demak, kiyinish xonasida uning shogirdlariga oson bo'lmaydi.

39. Bo'lim yakunida "Tottenxem" faollashdi. Sonning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirgan navbatdagi to'pini darvozaga kirgazib yuboradigan kishi topilmadi.

36. Xamesning navbatdagi zarbasi noaniq chiqdi.

34. Ajoyib vaziyat! Muvaffaqiyatsiz burchak to'pidan so'ng mezbonlar qarshi hujumga qochdi. Sondan to'pni qabul qilib olgan Alli Pikford darvozasini o'qqa tutdi. Angliya terma jamoasi posbonidan ajoyib seyv!

32. Xames bir daqiqa ichida ikkinchi bor to'pni burchakka o'rnatdi. Ammo har ikkisi samarasiz bo'ldi.

30. Maydon markazida Mourani ortda qoldirgan Xames, chap qanotdagi Risharlisonni to'p bilan taminladi. Braziliyalik forvardning zarbasi rikashet hosil qilib maydonni tark etdi - burchak zarbasi.

26. Nihoyat, 19-raqam ostida o'ynayotgan Xames Rodriges ham raqib darvoza tomon zarba yo'lladi. Kolumbiyalikning o'ng oyoqda bergan zarbasi kuchsiz edi, shu tufayli Franciya terma jamoasining asosiy posboniga muammo tug'dirmadi.

24. Mett Doerti chap qanotdagi Son Xyon Minga to'pni yuqoridan oshirdi. Koreyalik futbolchi esa jarima maydonchasi ichidagi Keynni qulay vaziyatga chiqardi. Ammo ingliz forvardi to'pga etib kelolmadi. Aks holda, hisob o'zgarar edi. 

23. Allanning jarima maydonchasiga uzatgan to'pi "shporlar" himoyachisi tomonidan bartaraf etilganch, Mina ikkinchi tempda hujumga qo'shildi va zarba berdi. To'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

19. Son burchak zarbasini ishladi. Aynan koreyalik futbolchining o'zi to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. Jarima maydonchasi ichida Yerri Minaga qarshilik qiladigan kishi topilmadi.

16. Uxxx! "Everton" ajoyib vaziyatdan foydalana bilmadi. Devis Alderveyreldga to'p uzatdi, zarba kuchliroq bo'lgani tufayli Risharlison to'pni egallab, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Braziliyaliy futbolchi Lorisni ham aldadi, ammo to'pni darvoza ustidan o'tkazib yubordi...

14. To'p mezbonlarda Devis qarama-qarshi qanotdagi Doertiga uzatmani amalga oshirdi, ammo ikkinchi qavatdagi kurashda Lyuka Din ustun keldi. 

12. Karlo Anchelotti shogirdlari to'pni nazorat qilishyapti. "Tottenxem" futbolchilari himoyada.

11. Xames Risharlisonni uzatma taminlamoqchi edi, biroq, kolumbiyalik to'pga kuchliroq zarba berib qo'ydi. Bu to'pga Bolt ham etib kela olmasdi.

6. Alli Mourani uzatma bilan taminladi. Ammo Lukasni hamyurti Risharlison zararsizlantira oldi. "Everton" forvardi hozircha himoyada yaxshi tassurot qoldirmoqda.

3. Ilk daqiqalarda Son o'z qanotida faollik qilmoqda. 

Darvoqe, bugun "shporlar" safida Mett Doerti hamda Per-Emil Hoyberg debyut qilmoqda. 

"Everton" safida esa Xames Rodriges, Abdulay Dukure hamda Allan ilk bor rasmiy uchrashuv o'tkazyapti.

1. Uchrashuv boshlandi! O'yinni mezbonlar boshlab berishdi.

Malumot uchun, mazkur jamoalar o'rtasida o'tkazilgan so'nggi uchrashuvda London klubining qo'li baland kelgan (1:0, 2020-07-06). Undan oldingi 2 bahsda kuchlar teng kelgan (1:1, 2:2).

Joze Mourinyu hamda Karlo Anchelotti shogirdlari o'rtasidagi to'qnashuv start olishiga 20 daqiqa qoldi.

Tottenham Hotspur

Premier League . 1-tur

13/09/2020, 20:30

1
:
0
Tugadi

Everton

Dominic Calvert-Lewin - 55'

Stadion: Tottenham Hotspur Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Atkinson

45'
90'
46'  Dele Alli (Moussa Sissoko)
60'  Harry Winks (Steven Bergwijn)
76'  Matt Doherty (Tanguy Ndombele)
85'  Pierre-Emile Hoejbjerg
55'  Dominic Calvert-Lewin
55'  Lucas Digne
68'  Andre Gomes (Gylfi Sigurdsson)
89'  Dominic Calvert-Lewin (Moise Kean)
90'  James Rodriguez (Tom Davies)

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика