So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

APL tarixidagi eng yaxshi 11 braziliyalik Yangiliklar

APL tarixidagi eng yaxshi 11 braziliyalik

Braziliya - dunyo futboliga iqtidorlarni etkazib beruvchi asosiy mamlakatlardan biri hisoblanadi.

 Bu millat vakillari deyarli barcha chempionatlarda to'p tepishadi. Jismoniy kurash, tezkor o'yinga moslashgan Angliya Premer-ligasida ham braziliyaliklar etarlicha. Ushbu chempionatda Braziliyadan kelgan ajoyib iqtidorlar to'p tepgan va bugan braziliyaliklardan iborat o'ziga xos orzudagi jamoani tuzamiz.


Darvozabon: ALISSON

"Liverpul" - 2018 yildan hozirgacha jamoada

Braziliyalik darvozabonlar alohida mavzu. Evropaning top chempionatlarida braziliyalik posbonlarni ko'p uchratmaymiz, ammo shunday posbonni topsangiz, u o'z ishining ustasi bo'lishi aniq.

APLda o'ynagan eng kuchli braziliyalik posbon sifatida Alissonni tanlaymiz. "Liverpul" o'tgan yozda 62,5 mln. evro to'lab, "Roma"dan Alisson Bekerni sotib olgan edi. Darvozabonning ishonchli o'yini tufayli "qizillar" oxirigacha APL chempionlik poygasida ishtirok etishdi va CHempionlar ligasi g'olibiga aylanishdi.

Buni qarangki, ayni damda Premer-ligada yana bir braziliyalik posbon Ederson to'p tepmoqda. U "Manchester Siti" sharafini himoya qilyapti, ammo hozircha raqobatda Alisson ustun, shu sababli milliy terma jamoada u asosiy posbon.



O'ng qanot himoyachisi: RAFAEL

"Manchester Yunayted" - 2008-2015

Rafael da Silva o'smirligida egizak akasi Fabio bilan MYUga o'tishgan. O'sha paytda "qizil iblislar"ni boshqargan Aleks Fergyuson Rafaelning o'yinlaridan zavq olardi va shu sabab uni asosiy jamoaga taklif qiladi.

O'ng qanotdagi uzatma va reydlari bilan esda qolgan himoyachi "Manchester Yunayted" sharafini 7 yil himoya qildi. 2012 yilda Rafael MYUning ashaddiy raqibi "Liverpul" darvozasiga juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.

Rafael MYUda o'tkazgan vaqti davomida uch marta Angliya chempioniga aylandi va 2015 yilda "Lion"ga sotib yuborildi.


Markaziy himoyachi: ALEKS

"CHelsi" - 2004-2012

"CHelsi" bu himoyachini 2004 yilning yozida sotib olgan, ammo Aleksi ilk uch mavsumni PSVda ijarada o'tkazgan. SHundan so'ng u "ko'klar" safiga qaytib, asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. O'yin uslubi, ishonchli harakatlari va kurashlardagi g'alabalari tufayli Angliyada Aleksni "tank" deb atashgan.

"CHelsi" muxlislari Aleksning nafaqat himoyadagi ishonchli o'yini, balki hujumga qo'shilishlari bilan yaxshi ko'rib qolishgan. Bu himoyachi ajoyib pas berishdan tashqari, jarima zarbalarini juda yaxshi ijro etardi, ayniqsa standartlar darvozadan uzoq joylashganda.

Aleks 2012 yilda PSJga o'tadi va to'rt yil o'tib "Milan"da faoliyatini yakunlaydi.


Markaziy himoyachi: DAVID LUIS

"CHelsi" - 20114-2014 va 2016 yildan hozirgacha

Aleks bilan biroz o'ynagan "CHelsi"ning yana bir centrbeki. 2011 yil 25 mln. evro evaziga "Benfika"dan "Stemford Brij"ga o'tgan  David Luis tezda asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Uch yarim yil o'tib londonliklar PSJdan 49,5 mln. evrolik ajoyib taklif olishdi va braziliyalik markaziy himoyachi Franciyaga ko'chib o'tdi, biroq qisqa vaqtga.

2016 yilning avgustida "CHelsi" David Luisni 35 mln. evroga sotib oldi. "CHelsi" braziliyalik bilan CHempionlar ligasida g'olib bo'ldi, ikki marta Evropa ligasi chempioniga aylandi, biroq Premer-ligada zafar quchgani yo'q. Luis 32 yoshda va kamida yana ikki mavsum "CHelsi" sharafini himoya qiladi, chunki uning London klubi bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.


CHap qanot himoyachisi: SILVINO

"Arsenal" - 1991-2001; "Manchester Siti" - 2009-2010

Silvino "Arsenal" tarixidagi birinchi braziliyalik edi. "To'pchilar" muxlislari chap qanot himoyachisini debyut o'yinidayoq yaxshi ko'rib qolishgan. Gap shundaki, 1999 yil Silvinoda "Tottenxem" va "Arsenal"dan taklif bor edi. Natijada u "shporlar"ga rad javobini berib, "to'pchilar"ni tanladi.

O'yin borasida Silvino "Arsenal"ga ko'p narsa berdi. Silvino ikkinchi mavsumda raqobatni yosh Eshli Koulga boy berishni boshladi, aynan shu tufayli braziliyalikni "Selta"ga 3,8 mln. evroga berib yuborishdi.

2009 yilda Silvino APLga qaytdi, "Manchester Siti" bilan bitim imzoladi. Ammo veteranga aylangan braziliyalik "shaharliklar" safida bitta mavsum o'ynadi va faoliyatini yakunladi.


Markaziy yarim himoyachi: JILBERTU SILVA

"Arsenal" - 2002-2008

Jilbertu Silva 2002 yildagi jahon chempionatida o'zini ko'rsatdi va Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioniga aylandi. Natijada Premer-liganing bir qator klublari u uchun kurashishdi va bu bahsda "Arsenal" yutib chiqdi.

"To'pchilar" "Atletiko Mineyro"ga to'langan 6,9 mln. evro uchun afsus chekishmagani aniq. Jilbertu Silva "Arsenal" safida o'sha davrning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biriga aylandi va u London klubi bilan 2003/04 mavsumda birorta uchrashuvda mag'lub bo'lmay, APL chempioniga aylandi.

"To'pchilar" safida 244ta uchrashuv o'tkazgan Jilbertu Silva 2008 yilda 2,5 mln. evro evaziga "Panatinaikos"ga o'tadi.


Markaziy yarim himoyachi: FERNANDINO

"Manchester Siti" - 2013 yildan hozirgacha

"Manchester Siti" 2013 yilning iyulida Fernandino uchun "SHaxtyor"ga 40 mln. evro to'laganida, Angliyadagi ko'plab ekspert va tahlilchilar bu xaridga jiddiy etibor berishmagandi. Biroq mehnatkash braziliyalik yuqori darajada o'ynab, jamoaga katta foyda keltira olishini isbotladi.

Fernandino - ikkinchi plan futbolchisi va maydonda juda kam seziladi. Ammo braziliyalik bajarayotgan "qora mehnat" taqsinga sazovor va bugun buni hamma tan olmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Angliyada Fernandinoga o'xshagan, butun maydon bo'ylab harakat qila oladigan futbolchi yo'q.

Fernandino olti mavsum ichida "Manchester Siti" bilan Angliyada yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi, ammo CHempionlar ligasi sovrini haligacha orzu bo'lib qolmoqda.


Markaziy yarim himoyachi: JUNINO PAULISTA

"Midlsbro" - 1995-1997, 1999-2000 va 2002-2004

Junino Paulista 1995 yilda "Midlsbro"ga o'tadi va tezda mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanadi. 1997 yilda ajoyib pleymeyker "Boro"ga ikkita finalga chiqishga yordam berdi - Angliya Kubogi va Angliya liga Kubogi. Afsuski Junino ikkala finalda ham mag'lub bo'ldi, buning ustiga jamoa Premer-ligani tark etdi. O'sha yozda "Atletiko" 13,8 mln. evro evaziga braziliyalikni sotib oldi.

Keyinroq Junino yana ikki marta "Boro" safiga qaytdi. Birinchi marta 2000 yilda ijara asosida, keyingi safar 2002 yil to'laqonli transfer amalga oshirildi. 2004 yilda "Midlsbro" Junino bilan Angliya liga Kubogini qo'lga kiritdi va bu aqlli braziliyalik faoliyatidagi yagona sovrin bo'lib qoldi.

2004 yilning yozida Junino Paulista "Midlsbro"ni "Seltik"ga o'zgartirdi., yarim yil o'tib u Braziliyaga qaytdi, keyinroq Avstraliyaga ko'chib ketdi. Junino faoliyatini 2010 yilda yakunladi.


O'ng qanot vingeri: VILLIAN

"CHelsi" - 2013 yildan hozirgacha

2013 yilning avgustida "CHelsi" bor-yo'g'i 35,5 mln. evro evaziga "Anji"dan Villianni sotib oldi va braziliyalik jamoaning kreativ futbolchisiga aylandi. Villian so'nggi olti yilda ikki marta jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tezkor, aqlli, raqib uchun juda xavfli qarorlar qabul qiladigan xavbek Premer-liga tarixidagi eng yaxshi vingerlardan biri hisoblanadi. Ko'pchilik u Angliyada muvaffaqiyatsizlikka uchrashini aytgandi, biroq Villian aksini isbotladi.

Braziliyalik "CHelsi"da uch marta Angliya chempion bo'ldi, Angliya Kubogi va Angliya liga Kubogi g'olibiga aylandi hamda Evropa ligasida zafar quchdi.


CHap qanot vingeri: KOUTINO

"Liverpul" - 2013-2018

Braziliyalik Koutino "Liverpul" tarixidagi eng yorqin transferlardan biri hisoblanadi. 2013 yilda uni 13 mln. evro evaziga "Inter"dan sotib olishdi, 5 yil o'tib "Barselona" braziliyalik uchun 145 mln. evro to'ladi.

Koutino bu vaqt ichida jamoa va butun turnirning muhim futbolchilaridan biriga aylanishga ulgurdi. U o'ziga qo'yilgan "Kichik sehrgar" laqabini to'liq oqladi, chunki yo'q joydan xavfli hujumlar yaratardi. APLda Koutinoning fint va harkatlarini eslaydigan himoyachi va darvozabonlar mavjud bo'lsa kerak.

"Enfild"dagi besh yilga qaramasdan Koutino sovrin yuta olmadi. U 2018 yilning yanvarida jamoani tark etdi, bir yarim yil o'tib "Liverpul" CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi...



Markaziy hujumchi: FIRMINO

"Liverpul" - 2015 yildan hozirgacha

2015 yilda "Liverpul" 41 mln. evro evaziga "Xoffenxaym"dan sotib olgan Roberto Firmino 4 yil ichida turnir tarixidagi eng yaxshi braziliyalik to'purarga aylandi. Uning hisobida 48ta gol bor.

Roberto Firmino - jamoaga hujumda ko'plab variantlar taklif qila oladigan mehnatkash forvard hisoblanadi. Bazilar uchun ushbu braziliyalik maydonda ko'rinmaydigan futbolchiga o'xshaydi, ammo uning gollardagi mehnati mutaxassislar tomonidan etirof etilmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика