Alisson Saloh haqida: "Mo – "Liverpul" afsonasi va ajoyib yigit. Biz jamoa bilan ushbu qiyin vaziyatni engishga harakat qilyapmiz"
09 dek 01:28
Yangiliklar
Alisson Saloh haqida: "Mo – "Liverpul" afsonasi va ajoyib yigit. Biz jamoa bilan ushbu qiyin vaziyatni engishga harakat qilyapmiz"
Bugun misrlik vinger Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin uchun ingliz jamoasi qaydnomasiga kiritilmagani malum bo'ldi. Avvalroq Saloh ketma-ket uchta o'yinda asosiy tarkibga tushmaganidan so'ng klubning o'ziga bo'lgan munosabatini tanqid qilgan edi: "Menga alam qilyapti. Men APL g'olibi bo'ldim, ushbu avlod ichida hammadan ko'p gol uryapman. Nima uchun hammasi bunday yakun topishi kerak?".
"Vaziyat oddiy emas, lekin biz jamoa sifatida uni iloji boricha yaxshiroq hal qilishga harakat qilyapmiz.
Albatta, bizning o'zaro shaxsiy munosabatlarimiz bor. Evropaga kelganimdan beri Mo bilan birga o'ynayman – bir yil "Roma"da, mana endi sakkiz yildan beri "Liverpul"da.
U ajoyib yigit, Mo "Liverpul" afsonasi. Biz birgalikda ko'p narsaga erishdik.
Shaxsan meni bu quvontirmaydi, ammo futbolda biror vaziyatdan uzoq nolib o'tirish yaramaydi.
Ertaga bizni jiddiy sinov kutmoqda. "Inter" bu mavsumda juda yaxshi o'ynayapti, shuning uchun men ham, butun jamoa ham ertaga duch keladigan vazifamizga diqqatimizni qaratganmiz", – dedi Alisson o'yindan oldingi matbuot anjumanida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar
Алиссон
Брэдли
Гомес
Ван Дейк
Робертсон
Джонс
Гравенберх
Собослай
Вирц
Кьеза
Экитике