APL tarixida qishda amalga oshirilgan eng yaxshi transfer aniqlandi
03 fev 2021 22:00
Yangiliklar


APL tarixida qishda amalga oshirilgan eng yaxshi transfer aniqlandi
BBC Sport Premer-liga tarixida yanvarda amalga oshirilgan eng yaxshi transferlarni aniqlash uchun muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
Unda Brunu Fernandesh, Nemanya Vidich, Patris Evra (barchasi – “Manchester Yunayted”), Luis Suares, Virjil van Deyk, Filippe Koutino (barchasi – “Liverpul”), Per-Emerik Obameyang (“Arsenal”) va boshqa futbolchilarning nomzodlari qo'yildi.
Ovoz berish natijalariga ko'ra, etakchilik 31 foiz ovoz bilan Fernandeshga nasib etdi. U o'tgan qish “Sporting”dan 47 mln funt evaziga “qizil iblislar”ga transfer qilingandi.
2-o'rindan van Deyk (26 %) joy olgan bo'lsa, Vidich 15 foiz ovoz bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar