So’nggi yangiliklar

10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  0 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  0 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  2 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  5 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  2 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  7 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   13 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  21 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  6 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  16 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1

APL startiga 3 kun qoldi. EPLMANAGER ishtirokchilari soni 5000dan ortdi Yangiliklar

APL startiga 3 kun qoldi. EPLMANAGER ishtirokchilari soni 5000dan ortdi

13 avgust kuni Angliya Premer-ligasining navbatdagi mavsumiga start beriladi.

Premer-liga bilan yangi fentezi loyiha EPLMANAGER ham ishga tushadi. Hozirgacha ushbu fentezi turnirida 5000 dan ortiq ishtirokchi ro'yxatdan o'tishga va jamoa tuzishga ulgurdi. Ushbu loyiha borasida ko'pchilikda turli savollar paydo bo'ldi. Bugun EPLMANAGER borasida eng ko'p beriladigan 9 ta savolga javob beramiz.

1. Ushbu o'yinni telefon orqali o'ynasa bo'ladimi, ilovasi (prilojenie) bormi?

- Ha, bu fentezi o'yinini telefon orqali o'ynasa ham bo'ladi. Buning uchun eplmanager.com saytiga yoki android yoki iOS smartfonlar uchun ishlab chiqarilgan ilovaga (prilojenie) kirishning o'zi etarli.

Android smatfonlar uchun ilova: EPLMANAGER_Android.

iOS platformasi (iPhone, iPad, iPod) uchun ilova: EPLMANAGER_iOS


2. Sardorni qanday tanlaymiz?

- Jamoa tuzib, unga nom berib, tasdiqlaganingizdan so'ng sardor tanlashingiz mumkin. Jamoa tuzishdan avval yoki tuzish jarayonida buni bajarib bo'lmaydi. Eslatib o'tamiz, faqat jamoa tasdiqlangandan so'nggina sardorni tanlaysiz. Jamoa sardori to'plagan ochkolar ikkiga ko'paytiriladi (x2).


3. Jamoani tasdiqlash uchun SMS kelmasa nima qilish kerak?

- Sms har doim ham tez kelavermaydi. Biroz sabr qiling yoki telefoningizni o'chirib-yoqing.


4. Jamoani saqlay olmayapman.

- Mobil telefon orqali ro'yxatdan o'tishga urinayotgan ko'plab foydalanuvchilar jamoani saqlay olmayotgani haqida etiroz bildirishmoqda. Tarkib tanlab bo'lganingizdan so'ng, jamoangizning nomini kiriting va mobil klaviatura ustidagi tayyor (gotovo yoki ready) yozuvini ustiga bosing. SHunda TASDIQLASH tugmasi ishlaydi.


5. Raqamim va sirli so'zni (parol) kirityapman, ammo bunday foydalanuchi yo'q deyapti.

- Agar EPLMANAGERga kirayotganingizda bunday foydalanuchi yo'q desa, haqiqatdan ham bu raqam ro'yxatdan o'tmagan. Fentezi o'yinni o'ynash uchun YANGI JAMOA TUZISH yoki PLAY NOWga bosing va tarkibni tanlang.


6. Tangalarni qanday qilib ko'paytirish mumkin?

- Tangalar ko'paytirishning ikki usuli bor. Birinchisi do'stlarni o'yinga taklif qilish lozim. Har bir ro'yxatdan o'tgan ishtirokchi uchun 50 tanga beriladi. Buning uchun jamoa tuzib bo'lganingizdan so'ng, MENING PROFIL deb yozilgan joyga kirasiz va BEPUL TANGALARga bosasiz. "Taklif uchun do'stlaringizga quyidagi havolani yuboring" so'zining ostidagi internet manzilni (masalan: https://eplmanager.com/oz/I-U58) do'st va tanishlaringizga yuborasiz. Agar ular shu manzil orqali o'yinga kirib, ro'yxatdan o'tsa hisobingizga 50 tanga qo'shiladi.

Tangalarni xarid qilsa ham bo'ladi. Buning uchun tasdiqlangan akkauntingizga kirib, BALANS deb yozilgan joyga o'tasiz va Click tizimi orqali to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.



7. Super sardor (super kapitan) nima?

Agar super sardor (super kapitan) imkoniyatini sotib olsangiz, tarkibingizda tanlagan sardoringiz ochkosi ikkiga emas, uchga ko'payapdi (x3, 12x3=36). Bu imkoniyat orqali raqiblaringizdan ko'proq ochko to'plab, sovrinlarni qo'lga kiritishingiz mumkin.


8. Har bir turdan so'ng nechta o'zgartirish amalga oshirishim mumkin?

- Jamoa tuzgach transfer bozorida ularni sotish va sotib olish mumkin. Birinchi tur dedlayniga qadar transferlar soni cheklanmagan. Keyingi turlarda bepul transferlar soni bittani tashkil qiladi. Ishlatilmagan transfer keyingi turga o'tmaydi va kuyib ketadi.

Bepul transferga qo'shimcha ravishda tangalar orqali qo'shimcha transferlarga ega bo'lish mumkin.

Siz transferlarni tasdiqlagach ularni bekor qila olmaysiz.


9. Qanday qilib sovrinli ligalarga kirish mumkin?

- Jamoaingiz tuzilgach avtomatik tarzda Global ligaga (unda barcha foydalanuvchilar ishtirok etishadi) va davlatingiz ligasiga qo'shiladi (davlatingiz siz kiritadigan raqam kodi orqali avtomatik aniqlanadi).

Bundan tashqari siz shaxsiy liga yaratishingiz va unga do'stlaringizni taklif qilishingiz mumkin. Siz ushbu liga qachon boshlanib qachon tugashini o'zingiz hal qilasiz. Yani siz belgilagan kundan boshlab barchaning ochkolari noldan hisoblana boshlanadi.

Siz sovrinli va homiylik ligalarida ham ishtirok eta olasiz. Buning uchun LIGALARga bosib uni tanlashingiz kerak. Ushbu ligalar yaratilgan paytdan boshlab ochkolar hisoblanadi shu bois barchada QIMMATBAHO SOVG'ALAR uchun kurashish imkoniyati mutlaqo teng bo'ladi!

Siz bir vaqtda faqat bitta sovrinli liagada qatnasha olasiz. Liga tugamaguncha undan chiqib keta olmaysiz va boshqa ligaga qo'shila olmaysiz.

Sovrinli va homiylik ligalarida qatnashish uchun profilni to'ldirish lozim. Bu malumotlar boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi va faqat sovg'a yutib olganda sizni topish uchun xizmat qiladi. Sovg'alar yuk tashish xizmati yoki profilda yozilgan manzilga oddiy pochta orqali etkaziladi.


Hoziroq jamoa tuzishga kirishing va sovrinlar uchun kurashni boshlang. Premer-liganing ilk 4ta turida eng ko'p ochko ishlagan 3 ishtirokchini ajoyib sovg'alar kutib turibdi.

1. Samsung Galaxy S7 Edge
2. Huawei P9
3. Samsung Gear 2

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика