So’nggi yangiliklar

13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  0 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   6 11:53“Трастбанк”дан кичик бизнес эгалари учун 500 млн сўмгача кредит!  1 11:45Драган Черан ҳакамнинг хатолари, кўп гол уролмаётгани ва "Пахтакор"дан кетиши ҳақида гапирди  3 11:28Игорь Сергеев: "Насаф"га қойил қолиш керак, улар чиройли футбол намойиш этишди. Мени Мбаппе ёки Рафинья билан таққослаш шарт эмас"  2 11:01Ҳусайн Норчаев: "Кубокни қурбон қилиш режамиз йўқ эди"  9 10:50Виктор Гёкереш "Арсенал"да қанча маош олиши маълум  6 10:18Гвардиола Де Брюйнега ўринбосар топди  3 09:45"Ювентус" ёзда кимни бош мураббий этиб тайинламоқчи эканлиги маълум   2 09:15“Реал Мадрид“ иккита ҳимоячи учун 100 миллион евро тўлашга тайёр  13 08:48АПЛ футболчиси кома ҳолатига тушиб қолди  1 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади  0 01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  8

APL. "Manchester Yunayted" 10 kishi bo'lib qolgan "Sautgempton"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" 10 kishi bo'lib qolgan "Sautgempton"ni mag'lub eta olmadi

APLning 4-turi doirasidagi "Sautgempton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Sautgempton" - "Manchester Yunayted" 1:1

"Sent Meris"

Gol: Daniel Jeyms (10), Yannik Vestergard (58).

"Sautgempton": Angus Gann, Sedrik Soaresh, Yannik Vestergaard, Yan Bednarek, Kevin Danso, Per Xyoyberg, Oriol Romeu, Jeyms Uord-Prous, Sofyan Bufal (Styuart Armstrong, 71), CHi Adams (SHeyn Long, 62), Denni Ings (Maya Yoshida, 77).
Zaxira: Aleks MakKarti, Jey Stefens, Yan Valeri, Den Nlundulu.

"Manchester Yunayted": David De Xea, Aaron Van-Bissakka, Viktor Lindelof, Xarri Maguayr, Eshli Yang, Skott MakTominey (Meyson Grinvud, 82), Pol Pogba, Andreas Pereyra (Jessi Lingard, 68), Xuan Mata (Nemanya Matich, 68), Daniel Jeyms, Markus Reshford.
Zaxira: Serxio Romero, Markos Roxo, Aksel Tuanzebe, Taxit CHong.

Ogohlantirish: Kevin Danso (20), Eshli Yang (90+4), Armstrong (90+6).

CHetlatish: Kevin Danso (73).

Southampton

Jannik Vestergaard - 58'

Premier League . 4-tur

31/08/2019, 17:30

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Daniel James - 10'

Stadion: St. Mary's Stadium, 30499 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
19'  Kevin Danso
58'  Jannik Vestergaard
58'  Kevin Danso
62'  Che Adams (Shane Long)
71'  Sofiane Boufal (Stuart Armstrong)
73'  Kevin Danso
77'  Danny Ings (Maya Yoshida)
90'  Stuart Armstrong
10'  Daniel James
10'  Scott McTominay
40'  Harry Maguire
68'  Andreas Pereira (Jesse Lingard)
68'  Juan Mata (Nemanja Matic)
82'  Scott McTominay (Mason Greenwood)
90'  Ashley Young

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Yunayted" 10 kishi bo'lib qolgan "Sautgempton"ni mag'lub eta olmadi.

90+3. Daniel Jeyms raqib himoyachisini osonlik bilan ortda qoldirib, pas berishga harakat qilgandi. Ammo texnik nosozlik tufayli pas o'xshamadi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAAAAAA!! Yang bu safar "to'qqizlik" tomon zarba bergandi. To'p biroz noaniq ketdi.

88. ZARBAAAAAAAAAA!! Grinvud ajoyib zarba bergandi. Ganndan chiroyli seyv!

87. ZARBAAAAA!!! Lingard kuchsiz zarbasi bilan gol urishga harakat qilib ko'rdi. Ammo zarba noaniq ketdi.

83. Pogbaning ajoyib pasidan keyin Reshford raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun yaxshi vaziyatga chiqib borgandi. Biroq uning chap oyog'ida bergan kuchsiz zarbasini Gann oyog'i bilan qaytarib yubordi.

82. O'yin ancha sokinlashdi. Vaziyatlar yo'q.

75. ZARBAAAAA!!! Jeymsning zarbasini Gann qaytardi.

73. QIZIL KARTOCHKAAA!!!  Danso yana bir bor MakTominini yiqitgani uchun ikkinchi ogohlantirishini oldi.

69. "Yunayted"ning uzoq muddat davom etgan hujumi Matichning juda noaniq zarbasidan keyin yakunlandi.

65. Pogbaning ajoyib harakatlaridan keyin Reshford gol urish uchun qulay imkoniyatga ega bo'layotgandi. Biroq to'pni himoyachi qaytardi.

63. "Sautgempton" birinchi taymdagi kabi hujumkorlikni oshirdi. O'yin "Yunayted" jarima maydonchasi yaqinida bo'lmoqda.

58. GOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! VESTERGAAAARRRRDDD!!! Qanotdan uzatilgan ajoyib pasga himoyachi boshi bilan ajoyib zarba berib, hisobni tenglashtirdi!!! 1:1!

55. ZARBAAAAAAAA!!! Mezbonlar hisobni tenglashtirishi mumkin edi. CHi Adams 100 foizlik vaziyatni yo'qqa chiqardi.

50. "Yunayted" gol urish uchun ajoyib vaziyatga ega bo'ldi. U raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi va zarba berdi. To'pni Gann qaytardi. Ikkinchi tempdan davom etgan hujumda Jeyms chap qanotdan to'pni raqib darvozasi oldiga tashlab bergandi. Bu safar Reshford zarbaga biroz kechikdi.

49. Xavfli vaziyat! "Sautgempton" futbolchisi o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi. To'pni Maguayr qaytarib yubordi.

47. Bo'limning boshidanoq "Yunayted" standart vaziyatga ega bo'ldi. Yangning uzatgan to'pini Gann ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+1. Taym so'nggida "Sautgempton" gol urish uchun harakat qilyapti.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Bufal MYU jarima maydonchasi ichida to'p bilan paydo bo'ldi va to'pni darvoza yaqiniga uzatdi. Texnik xatolik tufayli to'p maydonni tark etdi.

37. Dansoning kuchli va aniq zarbasini Skott MakTomini o'ziga qabul qildi. "Sautgempton" gol urish uchun juda qulay vaziyatga ega bo'lgandi.

35. Ingsning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

33. Bufal chap qanotda Van-Bissakkani aldab o'tishga harakat qilgandi. "O'rgimchak" yana o'z uslubida.

31. Adamning qanotdan uzatgan pasini De Xea ushlab oldi.

29. Jeymsning qanotdan uzatgan pasiga Reshford boshi bilan noaniq zarba berdi. Qanot hakami bu vaziyatga offsayd borligini aniqladi.

28. "Yunayted" tezkor qarshi hujumga o'tdi. Reshfordning qanotdan uzatgan pasini raqiblari himoyachisi qaytarib yubordi.

25. "Yunayted" hujumga o'tishga harakat qildi. Lindelofning xavolatib uzatgan pasiga Pereyra etib bora olmadi.

22. ZARBAAAAAAAA!!! Jeymsning kuchli zarbasini Gann qaytardi.

20. Pereyrani qo'pollik bilan yiqitgani uchun Danso ogohlantirildi.

19. ZARBAAAAAAA!!! MakTominining superpasidan keyin Van-Bissakka darvoza tomon zarba berdi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi. "Yunayted" tashabbusni to'liqligicha o'z qo'liga oldi.

17. Bufalning pasidan keyin Uord-Prous raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borishi mumkin edi. Ammo Lindelof ishonchli harakat qilib, to'pni yopdi.

15. Pogbaning ajoyib pasidan keyin Reshford to'pni qo'li bilan to'xtatgandi. Hakam fol qayd etdi.

13. ZARBAAAA!! Jeymsning zarbasi biroz kuchsiz.

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! JEEEEEEEEYYYMMMMSSSS!!!! Supergol! Boshqa tarif yo'q!

9. Mataning pasidan keyin Pereyra zarba berdi. To'p raqibiga tekkan holda raqib posboni qo'liga borib tushdi.

8. Bufalning zarbasi noaniq ketdi.

6. Van-Bissakka o'z uslubida, yani, to'pga tashlanish orqali raqib hujumini qaytardi. Ikkinchi tempdagi hujumni De Xea qaytardi.

4. Dastlabki xavfli hujum. Jeymsning to'p uzatishidan keyin Reshford darvozaga zarba yo'llashga biroz kechikdi.

3. Bufalning qanotdan uzatgan pasini Lindelof maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Dastlabki daqiqalarda ustunlik mezbonlar tomonida.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Jamoalar "Sent Meris"ga chiqib kelishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика