APL. "Manchester Yunayted" ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
27 avg 2022 18:22
Yangiliklar
APL. "Manchester Yunayted" ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
Sautgempton - Manchester Yunayted 0:1
Gol: Fernandesh (55, 0:1).
Sautgempton – Bazunu, Uoker-Piters, Salisu, Bella-Kochap, Djenepo (Perro, 89), Elyunussi (Armstrong, 63), Uord-Prouz, Aribo (Voynovich, 89), Lavia, Armstrong (Mara, 77), Adams.
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Martines, Malasia, Eriksen (Fred, 90+1), Brunu Fernandesh, Maktomini, Reshford, Sancho (Ronaldu, 68), Elanga (Kazemiro, 80).
Ogohlantirish: Diogu Dalot (50), Maktomini (83), Fred (90+6).
Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" mavsum startidagi ketma-ket ikki mag'lubiyatdan keyin ketma-ket ikkinchi g'alabaga erishdi.
90+4. ZARBAAAAAAA!! Supergol ko'rishimiz mumkin bo'lgandi. Adamsning qaychi uslubidagi zarbasini Dalot qaytarib yubordi.
90+1. Eriksen o'rnini Fredga bo'shatib berdi. Bugun u "Yunayted"da o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini ko'rsata oldi.
85. Himoyachi Bella-Kotchap bugun uchinchi marta darvozaga zarba berdi. U zarba berayotganda kuchli zarbasi bilan himoyachiligini eslatib qo'ydi.
80. Kazemiro maydonga tushdi!
78. Ronaldu maydonga qaytdi, Kazemiro esa APLdagi debyutini amalga oshirishga yaqin.
75. Ronaldu jarohat olganga o'xshaydi. U maydonga o'tirib olgan va tibbiy yordamga muxtoj bo'lib turibdi.
71. Lisandro bugun pashshani ham o'tkazib yuborgani yo'q. Birga-bir vaziyatlarda raqibiga aldanmadi va hozir ham Adamsning o'tib ketishiga yo'l qo'ymadi.
67. Ronaldu tushdi, Sancho ketdi.
66. UXXXXXX!!! "Sautgempton"dan ajoyib vaziyat! 5 metrlik chiziqning ustidan Adams boshi bilan kuchli zarba yo'lladi. De Xeadan super reakciya!
63. Burchakdan uzatilgan to'pga Bella-Kotchap zarba berdi. Noaniq.
58. "Sautgempton" oldinga o'tmoqda. Qanotdan uzatilgan to'pni Maktomini qaytarib yubordi.
55. GOOOOOOOOOLLLL!!! FERNANDEEEESHSHSHSHSH!!!! Qanotdan oshirilgan to'pni Brunu bir urinishda darvozaga kiritib yubordi!
52. Elanga yaxshi vaziyatga chiqib borgandi. Ammo u zarba bera olmadi.
49. ZARBAAAAAAA!!! Maktominining zarbasini darvozabon qaytardi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Tanaffus!
45. Taym yakunida "Yunayted" juda xavfli nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan Brunu zarba berdi. To'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.
38. ZARBAAAAA!!! Xavfli nuqtadan juda kuchsiz zarba berdi Adams. De Xea esa to'pni ushlab olishda qiynalmadi.
37. UXXXXXXX!!! Eriksen jarima maydonchasi ichiga aylantirma ravishda to'p oshirdi. To'p Uolker-Pitersga tegib, Brunudan ham o'tib ketdi. Ammo burchak zarbasi berilmadi.
35. "Yunayted" o'yinni sokinlashtirishga urinmoqda.
31. XAVFLI VAZIYAT! Burchakdan uzatilgan to'p Bella-Kotchapgacha o'tib ketdi. Himoyachi esa 3 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi.
29. "Sautgempton"da yaxshi vaziyat. Aribo boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining ustiga borib tushdi.
25. "Yunayted" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi.
22. "Sautgempton"ning hujumini Malasiya qaytardi.
20. DAXSHAAAATTTT!!! "Yunayted" bir hujumning o'zida 4 marta darvozaga zarba yo'lladi. Ikkitasini darvozabon, ikkitasini himoyachilar qaytarib yubordi.
13. "Sautgempton"da ham yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Elyunussining qanotdan uzatmasiga Adam Armstrong boshi bilan unchalik kuchli bo'lmagan zarba berdi. De Xea to'pni ushlab oldi.
11. Xavfli vaziyat! "Yunayted" hujumga o'tdi. Dalot esa to'pni havolatib, Brunu tomon oshirdi. Biroq to'p Fernandeshning ustidan o'tib ketdi.
9. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. "Yunayted" himoyada qo'pol xatolikka yo'l qo'ydi. Ammo Aribo vaziyatdan foydalana olmadi.
6. "Yunayted" qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Ammo Brununing Elanga tomon pasini himoyachi qaytarib qoldi.
4. Uchrashuvning dastlabki daqiqalari MYU yarim maydonida o'tmoqda.
1. Uchrashuv boshlandi!
- Bahs 16:30da start oladi.
Southampton |
Premier League . 4-tur 27/08/2022, 17:30 1
:
0
Tugadi
|
Manchester United Bruno Fernandes - 55' |
Stadion: St. Mary's Stadium, 31196 tomoshabin
Bosh hakam: Andrew Madley
Fikrlar