So’nggi yangiliklar

17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  0 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  0 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  83 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  98

APL. "Sautgempton" "CHelsi" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

APL. "Sautgempton" "CHelsi" ustidan irodali g'alabaga erishdi

APL beshinchi turida "CHelsi" "Sautgempton" mehmoni bo'lmoqda.

"Sautgempton" – "CHelsi" 2:1

Gollar: 0:1 – 23 Sterling, 1:1 – 28 Lavia, 2:1 – 45 Armstrong.

Sautgempton – Bazunu, Uoker-Piters, Salisu, Bella-Kochap, Perro (Djenepo, 73), Elyunussi, Uord-Prouz, Diallo, Lavia (Aribo, 60), Armstrong (Voynovich, 86), Adams.

CHelsi – Mendi, Aspilikueta (Broya, 66), Tiago Silva, Kulibali, Kukurelya, Jorjino (CHiluell, 67), Loftus-CHik (Kovachich, 46), Maunt, Ziesh, Xavertc (Pulishich, 66), Sterling.

Ogohlantirishlar: Salisu (53), Uord-Prouz (64), Pulishich (80).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! Mezmonlarga g'alaba muborak bo'lsin! "CHelsi"ga kelgusi o'yinlarda omad, uxlamasdan bizni kuzatib borgan ishqibozlarga esa shirin tushlar ko'rishini tilab qolaman.

90+3. Sterling odobli yigit, u birovni alday olmaydi. 

90. Ikkinchi bo'limga panjamizdagi barmoqlar soniga teng daqiqa qo'shib berildi.

89. Pulishich bugun Ulug'bek Rahmatullaevning omad to'g'risidagi taronasini futbolga moslab o'zi uchun ijro etsa bo'laveradi.

85. Sterlingning zarbasidan so'ng Bazunu yaqin do'stini topgandek to'pni quchoqlab oldi.

82. Broyaning Troyacha zarbasiga nihoya etishmadi. Bazunu darvozasini himoya qilib qoldi.

81. Pulishich bugun uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'la olmasa-da, eng yaxshi qo'pollik muallifligiga davogar bo'lishi mumkin. Hakam uni ham nomzodlar qatoriga qo'shib qo'ydi.

79. Kovachich xorvatchasiga "Jin ursin" deya ortga qaytdi. Haqiqatdan ham uning pasini jin-pin urgandi.

77. Kukurelya sochlarining tasirida raqib futbolchisini ko'rib-ko'rmasdan yiqitdi.

77. Sterlingga oshirilgan to'p uchun maydon torlik qildi.

74. Tiago Silva burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan yo'llangan zarbani darvozabonning o'rniga qaytarib berdi.

70. Havodagi kurashda Kukurelya to'pga kalla qo'ydi, ammo to'pning yaqiniga ham bormagan Diarro boshini changallab yotib oldi.

69. Kulibalining Zieshga oshirgan to'piga mezbonlar posboni olg'a chiqib, "Menman Ziesh" degan ifoda bilan to'pni egallab oldi.

66. Xavercning uzun bo'yi zarba berishda o'ziga pand berdi.

64. Uord-Prouz katta tezlikda ketayotgan Zieshni tutib oldi. Hakam esa quvlashmachoq bilan futbolni almashtirib yuborganligi uchun mezbonlar futbolchisini ogohlantirdi.

62. Sterlingdan yaxshi kurashchi ham chiqishini o'zidan 1,5 baravar gavdaliroq raqibini maydonga ag'anatganidan so'ng bilib oldik.

58. "Sautgempton" himoyachisi nafaqat qo'l, balki oyoq bilan ham seyv qilish mumkinligini isbotladi.

50. Mehmonlar ikkinchi bo'limni faolroq boshlagan bo'lsa-da, hozircha quvonarli hodisaga sababchi bo'la olmayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim hovurini bosib olishingiz uchun hakam 15 daqiqaga izn berdi.

45+1. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Armstrong tanaffusga oshiqayotgan barchani ekran qarshisiga qaytardi. CHap qanotdan markazga oshirilgan to'pni hujumchi Messi yaxshi ko'radigan oyog'ida raqib darvozasiga joylab qo'ydi.


44. "Sautgempton" futbolchisi Mauntga nisbatan qo'pollik ishlatgach, hakamdan "Na qildim, ey janobi hakam..." deya so'rashni boshlaganida, janobi hakam "Aybim ne deb so'rama aslo" deya javob qaytardi.

42.  Jorjino Evropaning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi bir paytlar. Hozir esa uning pasini Evropada eng oyog'i uzun himoyachilardan biri bartaraf etdi.

39. Futbolchilar miriqib chanqoq bosishmoqda, o'yinni sharhlayotgan men esa qoq tunda ularga termulgancha qaerdan suv topishni bilmay o'tiribman.

37. "Sautgempton" futbolchisi Zieshning ko'ziga shifokorlarni ko'rsatdi.

34. Armstrongning jon-jahdi bilan harakat qilgancha yo'llagan zarbasi raqib futbolchilarini quvontiradigan darajada ijro etildi.

32.  Mezbonlar azosi maydon markazida Sterlingni yonida yo'lamaydigan darajada qo'rqitib qo'ydi, uning harakati Rahimni maydon chimi bilagn yuzlashtirishga majbur qildi.

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Hisob tezda barobar ko'rinishga keldi. Lavia burchakdan orqaroqqa uzatilgan to'pni to'xtatib olib, raqib darvozasining qo'l etmas burchagiga to'pni joylab qo'ydi.

27. Aspilikueta golga tatigulik to'pni bartaraf etishni amalga oshirdi.

23. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Rahim baribir o'z maqsadiga erishdi. Qangotdan oshirilgan to'p dastlab, Maunt, undan so'ng Sterlingga kelib tushdi, ingliz futbolchisi esa bundan unumli foydalandi.

22. Bella-Kochap qulaydan-qulay vaziyatda turgan Sterlingni noqulay ahvolga solib qo'ydi.

21. ZARBA! Ziesh-Sterling kombinaciyasini Maunt yakunlab qo'ya olmadi. Raqib himoyachisi bu vaziyatda chaqqonroq o'ynadi. 

14. Sterlingning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

8. Zieshning "Ayaks"dagi gollaridan biri sodir bo'lishiga mezbon himoyachilar va posbon yo'l qo'ymadi.

3. "CHelsi"ning ilk hujumi besamar yakunlandi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика