APL. Ramazon munosabati bilan futbolchilarga og'iz ochish uchun vaqt beriladi
29 apr 2021 21:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634438_original.jpg)
![](/upload/storage/634438_220.jpg)
APL. Ramazon munosabati bilan futbolchilarga og'iz ochish uchun vaqt beriladi
Manbaga ko'ra, APL mutasaddilari ligadagi barcha hakamlarni Ramazon oyida kechki o'yinlar oldidan ikkala jamoa sardorlari bilan maslahatlashgan holda musulmon futbolchilar og'iz ochishi uchun imkoniyat yaratib berishni o'ylamoqda.
Dushanba kuni “Lester” va “Kristal Pelas” bosh hakam Grem Skott bilan maslahatlashib, uchrashuv boshlanganidan yarim soat o'tgach, Uesli Fofana va SHeyxu Kuyatega ro'za amallarini bajarib olishiga imkon berildi. Mehmonlar kiperi Visente Guaita yuqoridagi futbolchilar maydon chetida quvvatni ko'taruvchi energetik ichimlikni ichib olishini kutdi va to'pni o'yinga kiritishni biroz kechiktirdi.
Agar har ikkala jamoa sardorlari rozi bo'lsa, Premer-liga qoidalari bo'yicha o'yinda doimo biroz pauza qilishga imkon beriladi. Endi esa liga buni odatiy holga aylantirishni ko'rib chiqmoqda.
Bu sodir bo'lishi mumkin bo'lgan navbatdagi o'yin: APL 34-turi doirasida 30 aprel kuni o'tadigan “Sautgempton” – “Lester” uchrashuvida yuz berishi kutilmoqda.
Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar